Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Buyuklar izidagi Guti

Buyuklar izidagi Guti

Baho:
+ | -

Guti rahnamoligida «Real»ning yoshlar jamoasi joriy mavsumni ajoyib «trebl» bilan yakunladi. Bu esa faoliyatini aynan Guti kabi boshlagan taniqli murabbiylar haqida hikoya qilishga turtki bo‘ldi.

Guti qanday natijalarga erishdi?

«Xuvenil A» - yoshi 19gacha bo‘lgan «Real» tizimidagi jamoalardan biri. Mavsum startida Guti jamoani qabul qilgandi. Ma’lumki, u 10 yoshidan boshlab naq 25 yil davomida «Qirollik klubi» sharafini futbolchi sifatida himoya qilgandi. Endi esa murabbiy maqomida dastlabki qadamni tashladi. Jamoa Guti rahnamoligida o‘z yosh toifasida Ispaniya chempionati, Ispaniya chempionlar kubogi va yoshlar o‘rtasidagi Qirol kubogini qo‘lga kiritdi. Qirol kubogining finalida «Atletiko» 4:1 hisobida mahv etildi. «Gutini fantastik «trebl» bilan tabriklayman! O‘z vaqtida u yashil maydon dahosi edi. Endi maydon chetida ham buyuklar safida bo‘la olishini isbotlamoqda», - dedi Al­varo Arbeloa o‘z o‘rtog‘i haqida. Ispaniya muhitidan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘smirlar yoki yoshlar jamoalari bilan qayd etilgan muvaffaqiyatlar murabbiylik sohasida o‘ziga xos tramplin vazifasini o‘taydi.

Dastlabki yo‘lboshchi. Migel Munyos

«Real»dagi 10 yillik faoliyatidan so‘ng butsasini mixga ilgan futbolchi «Ultra Plyus» (o‘sha payt «Kas­tilya» shunday atalardi) jamoasini qabul qilib oldi. O‘rinbosarlar bilan Segundada o‘ninchi o‘rinni egallagan Munyos La-Ligada 9 marta, YECHL­da ikki marta muvaffaqiyatga erishdi.

Rafael Benites

Bu murabbiyning natijalari Munyosnikidek hayratlanarli bo‘lmasada, chempionatlar va yevrokuboklardagi g‘alabalari evaziga buyuklar safidan joy oldi. Rafael o‘z faoliyatini yoshlar jamoasiga 10 yil ustozlik qilish bilan boshlagandi. Turli yosh toifalaridagi jamoalarni boshqargan murabbiy 1993 yili U-19 jamoasi bilan Ispaniya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritdi.

Eng sovrindor murabbiy. Visente Del Boske

Ispaniyaliklar uni «Mister kartoshka» deya e’zozlashadi. «Real»ning nufuzli o‘yinchilaridan biri 27 yoshida murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritgandi. Avvaliga asosiy jamoa murabbiylar shtabiga o‘rnashdi. 15 yillik faoliyatidan so‘ng 1999 yili bosh murabbiylik lavozimiga ko‘tarildi. Shu tariqa zafarli yurishlar boshlandi. Jamoa Del Boske rahbarligida ikki marta YECHL kubogi va boshqa bir qator nufuzli sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik Ispaniya terma jamoasi bilan tarixiy g‘alabalarni qayd etdi.

Xosep Gvardiola

Kataloniya grandi tarixida yorqin iz qoldirgan mutaxassis. «Barselona B»dagi bir yillik faoliyatdan so‘ng asosiy jamoa boshqaruvini egallagan Gvardiola futbol tarixida eng kuchli jamoani shakllantirdi.

Luis Enrike

«Barselona B»ni Gvardioladan ke­yin qabul qilgan murabbiy uch yildan so‘ng «Roma»ga o‘tdi, keyin «Selta»ni boshqardi va «Barsa»ga qaytdi. Bosh jamoa bilan uch mavsum davomida 9ta sovringa ega chiqdi.

Aralash start. Zayniddin Zidan

YECHLda qatorasiga ikki marta g‘olib chiqqan murabbiy. Zizu murabbiylik sohasiga Anchelottining yordamchisi sifatida kirib keldi, keyinchalik «Kastilya»ni mustaqil boshqardi va asosiy jamoaga o‘tdi.

Ispaniyadan tashqaridagi muvaffaqiyatlar

Shubha yo‘qqi, murabbiylik malakasiga sayqal berish aksariyat mamlakatlarda o‘smirlar jamoalaridan boshlanadi. Lekin Angliya va Germaniyadagi mutaxassislar quyi divizion jamoalarida tajriba to‘plashni xush ko‘rishadi. Italiya va Gollandiyada esa ustoz-shogird tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Anchelotti o‘z faoliyatini Sakkining yordamchisi sifatida, Advokaat esa Rinus Mixels shogirdi sifatida boshlashgan. Hozir Apenninda ham Primavara sinovlarida toblanayotgan yosh mutaxassislar ko‘paymoqda. Portugaliya tizimi esa Ispaniyadagiga o‘xshash, Joze Mourinyo faoliyatini 15 yoshlilar bilan boshlab, keyin 17 va 19 yoshlilarni boshqargan. Aynan shu yo‘l uni grand jamoa­larga olib chiqdi. To‘g‘ri, Guti uchun hozircha «Real»ning bosh murabbiyi bo‘lish olis kelajakdagi reja, deb hisoblashmoqda. Lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 17.07.2017.
O'qildi: 5281 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.