Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Birinchi qaldirg‘och - Eldor Shomurodov

Birinchi qaldirg‘och - Eldor Shomurodov

Baho:
+ | -

Eldor Shomurodovning «Bunyodkor»dan «Rostov»ga transfer qilinganiga bog‘liq kamida 2 ta g‘alati holat yuzaga keldi.

Birinchidan, Eldor nimagadir juda osonlik bilan Rossiya premyer-ligasida ishtirok etadigan klub safiga qo‘shildi. Ikkinchidan esa, «Krasnodar» va «Zenit»dek kuchli klublar qiziqish bildirganiga qaramay, uni «Rostov»dek ancha kamxarj klub sotib oldi.

Ha, aynan sotib oldi. Hattoki, Odil Ahmedov ham «Anji»da avvaliga ijara kelishuvi bo‘yi­cha to‘p surish asnosida o‘ziga xos sinovdan o‘tgan edi...

Yuqorida keltirilgan ikki g‘alati jihatdan birinchisini osongina tushuntirish mumkindir. Nihoyat, bizda ham agentlik xizmati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ko‘rinadi. Har holda, Shomurodov transferi futbolchilarni yaxshi reklama qilishni o‘rganayotganimizdan dalolat. Mana, natija ham ko‘rib turganingizdek, yomon emas - birinchi futbolchimiz uchirma bo‘ldi. Vaholanki, shu vaqtga qadar o‘zbek diyorida saviya bobida Eldor Shomurodovdan kam sanalmagan futbolchilar yetarlicha ko‘zga tashlanishgan. Ammo tuzukroq reklama qilolmaganimiz bois ham, ularga oliy liga sarhadlaridan chetga chiqish nasib etmagan. Eslang, ne-ne iqtidorlarimiz nari borsa, Qatar yoki BAAda to‘p surish bilan cheklanishdi, cheklanishmoqda. Baxtimizga (Eldorning baxtiga ham) agentlik xizmati sifati ancha oshib qoldi. Buyog‘iga eng muhimi, boshqa futbolchilarni ham kuchli chempionatlarga «uzata» olish. Navbat kutib turganlar safi esa ancha uzun - Doston Hamdamov, Aziz G‘aniyev, Sharof Muhiddinov...

Xo‘p, endi ikkinchi g‘alati jihatga o‘tsak. Eldorga «Krasnodar» va «Zenit» tomonidan qiziqish bo‘lgani haqidagi xabarni osmondan olganimiz yo‘q. Bu borada Rossiyadagi ancha obro‘li «Izvestiya» nashri alohida ma’lumot tarqatdi. Xususan, terma jamoamiz futbolchisini qo‘lga kiritish uchun rus klublari o‘rtasida kechgan raqobat quyidagicha izohlandi: «Aslida Eldor Shomurodov xizmatiga Rossiyaning boshqa klubi - «Krasnodar» ham jiddiy qiziqqan edi. Ammo «shaharliklar» hujumchini qishki transfer mavsumi chog‘i ijara sharti bo‘yicha olish va keyinchalik to‘laqonli xarid qilishni rejalashtirishdi. «Rostov» esa vaziyatdan foydalanib, Shomurodovni darhol sotib oldi...».

Xalqimizda «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi»  qabilida ajoyib naql bor. Demak, Shomurodovga Rossiya chempionati yetakchilari ham qiziqish bilan qarashganki, «Izvestiya» bu borada xabar bermoqda. Ammo yakun shunday bo‘ldiki, 22 yoshli hujumchi «Krasnodar» yoki «Zenit» emas, balki ancha kamtarroq sanalgan «Rostov»ga yo‘l oldi. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin? Rostovliklar Shomurodov uchun raqobatda ustun chiqishganini ta’kidlasak, to‘g‘ri bo‘ladimi? Bu sal shubhali eshitilmayaptimi? Chunki «Ros­tov» vaqti kelsa, hattoki, futbolchilariga maosh berish uchun pul qidirib qoladi. Nahotki, shunday klub «Bunyodkor»ga ko‘proq transfer haqi, Eldorning o‘ziga esa kattaroq maosh va’da qilgan bo‘lsa? Albatta, buning ehtimoli yo‘q emas. Ammo keling, shu o‘rinda boshqa variantni ham o‘rtaga tashlasak. «Izvestiya» tomonidan keltirilgan xabarda aytilishicha, «Krasnodar» Shomurodovni qishda ijara asosida olishni ko‘zlagan. «Zenit»da ham shunga o‘xshash reja bo‘lgani aytildi. Ammo Shomurodov unisiga ham, bunisiga ham emas, «Rostov»ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Bundan qanday xulosa kelib chiqadi? Balki «Krasnodar» yoki «Zenit» uchun Shomurodovning ijara muddati aynan «Rostov»da kechar? Agar Eldor Rossiya chempionatida o‘zini ko‘rsata olsa va 6 oy yoki bir yildan so‘ng boshqa kuchliroq klubga o‘tsa, bilingki, bu taxmin o‘zini oqlagan bo‘ladi.

Aslida bu taxmin muallifi faqat biz emasmiz, rus saytlariga kirsangiz, rossiyalik ba’zi mutaxassislarning ham shunga yaqin fikr bildirishganiga ko‘zingiz tushishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Eldor Shomurodovning faoliyatida yangi sahifa ochilishi turgan gap. Oliy liga endi uning uchun kechagi kun, buyog‘iga haqiqiy kurash boshlanadi. Tan olish kerak, «Ros­tov» ayniqsa, yosh iqtidorlar uchun ajoyib jamoa va buni eronlik Sardor Azmun isbotlab qo‘ydi. Darvoqe, rostovliklar aynan Azmunni «Rubin»­ga qaytarishgani uchun ham Shomurodovni sotib olishdi. Tushunarli, davomi qanday kechishi ko‘p jihatdan Eldorning o‘ziga bog‘liq. Unda iqtidor yetarli, endi gap o‘sha iqtidorni yuzaga chiqarish va keng doi­rada isbotlashda.

«Rostov» muxlislari ham o‘z navbatida, hamyurtimizga katta qiziqish bilan qarashmoqda. Albatta, rossiyaliklar Eldor Shomurodovni hozircha yaxshi tanimaydilar. Xuddi biz Turkmaniston chempionatidan boxabar bo‘lmaganimiz kabi ular ham O‘zbekiston oliy ligasini kuzatib borishmaydi. Shu bois, Shomurodov xususida bildirilgan fikrlar orasida kinoyali va hazilnamolari ham ko‘p uchraydi. Ammo shu bilan birga yosh hujumchimiz haqida ijobiy gaplarni yetarlicha o‘qish mumkin. Jumladan, «Rostovskiy» niki ostida sharh qoldirgan muxlis quyidagicha yozdi: «U Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan eng yaxshi yosh futbolchilardan biri sifatida tan olingan. Osiyo Chempionlar Ligasida ham yomon taassurot qoldirmadi. Shomurodovga «Krasnodar» va «Zenit» klublari da’vo qilgan edi. Bir so‘z bilan aytganda - yangi Azmun». Yoqimli-a. Kroos-39 nikli muxlis esa «Bunyodkor»da bir vaqtlar Rivaldo o‘ynaganini eslatib, Shomurodov qanday klubdan xarid qilinganiga urg‘u bergan. Thomas Sorensen nikli ishqiboz so‘zlaridan iqtibos: «Agar u Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov darajasidagi futbolchi bo‘lsa, hammasi joyida». Demakki, u ham Eldorga yuqori ishonch bildirmoqda va bu alohida e’tiborga molik. Biroq Shomurdovning kelajagiga shubha bilan qaraganlar ham yo‘q emas. Masalan Artpal niki ostida fikr bildirgan muxlis ishonchsiz kayfiyatda izoh qoldirgan: «Uning statistikasini ochdim va 2017 yili O‘zbekiston chempionatida 14ta o‘yin­da 1tagina gol urganini ko‘rdim. Umid qilamanki, bizni ahmoq qilishmadi. Yangi rahbariyat va murabbiylar shtabini transferlar borasida chuv tushirish u qadar qiyin ish emas. Agar Shomurodovning saviyasi bitta gol bilan o‘lchansa va bunga jarohat sabab  bo‘lmasa, uni hattoki, Dyadyun ham raqobatda yenga oladi».

Xullas, shunday gaplar. Ishonamizki, Eldor Shomurodov o‘z o‘yini bilan muxlislar ishonchini oqlaydi va barcha shubhalarni tarqatib yuboradi. Hozircha Rossiya tomon birinchi «qaldirg‘och» uchirma bo‘ldi, agar u parvozni yaxshi boshlab bersa, ortidan yana qator-qator «qush» uchirma bo‘lishiga ishonamiz...

NURULLOH

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:52, 18.07.2017.
O'qildi: 9450 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.