Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Sardor va Eldor, bo‘lsin sizga omad yor!

Sardor va Eldor, bo‘lsin sizga omad yor!

Baho:
+ | -

Yozgi transfer mavsumi O‘zbekistonda yaqinda boshlagan bo‘lsa, Yevropa va arab davlatlarida ayni avj pallasiga kirib bo‘lgan. Oldingi yillarga qaraganda bu yili o‘zbekistonlik futbolchilarning transferlari anchayin qiziqarli bo‘lmoqda.

Jumladan, Sardor Rashidov Qatarning "Al-Jaish" klubidan Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Jazira" klubiga, Eldor Shomurodov esa "Bunyodkor"dan Rossiyaning "Rostov" klubiga ko‘chib o‘tdi. Mana endi man mana shu ikki transfer haqida ikki og‘iz so‘z yuritsam.

* * *

Sardor Rashidovning "Al-Jazira"ga o‘tishi

Sardor Rashidovning iqtidoriga u "Bunyodkor"da o‘ynab yurgan kezlaridayoq butun Osiyoning nazari tushdi, 2015 yilda Qatarning "Al-Jaish" jamoasiga ko‘chib o‘tgan Sardor Qatar yulduzlar ligasida ham yo‘qolib qolgani yo‘q. U yerda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Osiyo chempionlar ligasida maydonga tushdi, tajribali murabbiy qo‘l ostida bo‘ldi, braziliyalik futbolchilar bilan jamoadosh bo‘ldi va so‘ngi mavsumni "Al-Jaish" bilan birgalikda 3-o‘rinda yakunladi. Shundan so‘ng Sardor to‘p tepadigan "Al-Jaish" va "Laxviya" klublari birlashtirilib uning o‘rnida yangi "Al-Duhayl" jamoasi tuzilibdi. Shundan so‘ng Sardor Rashidov qaysi jamoada faoliyatini davom ettirishi shaxsan man uchun qiziqarli edi. Yakunda Sardor "Al-Jazira" bilan shartnomaga imzo chekganligi ma’lum bo‘ldi.

Xo‘sh, "Al-Jazira" qanday jamoa ? "Al-Jazira" amaldagi Birlashgan Arab Amirliklari chempioni bo‘lib kelgusi mavsumda OCHLda ishtirok etadi. Shunindek, Amirliklarda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham qatnashadi. Bilishimcha, mashhur fransiyalik futbolchi Lassana Diara ham "Al-Jazira" bilan kelishuvga erishgan. Shuningdek, BAA futboli yulduzlaridan biri Ahmad Xalil ham ushbu mavsumdan e’tiboran "Al-Jazira" sharafini himoya qilar ekan. Ali-Mabxut esa ancha yillardan buyon "Al-Jazira"da to‘p suradi. Shunday ekan, Sardor Rashidov o‘z faoliyatida yana bir qadam oldinga tashlaganligini ko‘rishimiz mumkin.

Ya’na bir jihat. O‘tgan yilning boshida Qatarda bo‘lib o‘tgan olimpiada saralash o‘yinlari davomida Sardor Rashidovning uyida mehmon bo‘lgan o‘zbekistonlik jurnalistlar Sardorga jamoa rahbariyati alohida "Jip" mashina ajratganligi, shaharning markazidagi ko‘p qavatli binoda maydoni bir hovlicha keladigan uy Sardorga berilganligi haqida yozishgan edi. Sardor Rashidovning yaqinda bergan intervyusini o‘qiganimda bildimki "Al-Jazira"dagi shartnoma shartlari "Al-Jaish"ga qaraganda yaxshiroq ekan. Qolaversa, Sardor "Al-Jazira"dagi bazani "Manchestor Citi"niki bilan tenglashtirdi. Qolaversa, "Al-Jazira" Abu-Dabi shahrining jamoasi bo‘ladi. Shu tomonlaridan hozir ko‘plab futbolchilarimiz Sardorga havas ko‘zi bilan qarayotgan bo‘lsa kerak. Sardorning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolaman.

Eldor Shomurodovning "Rostov"ga o‘tishi

Eldor Shomurodov Qashqadaryoning "Mash’al" klubida o‘zini ko‘rsatdi va 2015 yilda "Bunyodkor" jamoasi murabbiylar shtabining istagiga binoan Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Aksariyat viloyatlik futbolchilar Toshkent jamoalariga o‘tganlaridan so‘ng o‘z o‘yinlarini yo‘qotib qo‘yishadi. Ammo Eldor Shomurodovda bunday holat yuz bermadi. Aksincha u o‘z iqtidorini Toshkentga kelgach yanada rang-barang namoyish etdi. Bo‘ydor futbolchi qisqa vaqt ichida milliy terma jamoada ham o‘z o‘rnini topib oldi. Eldorning faoliyatini xorijda, jumladan, Rossiya chempionatida davom ettirishi haqidagi gap so‘zlar bir yildan buyon matbuotda yozilsa-da amalda Eldor Shomurodov shu kunlarga kelib rasman Rossiyaning "Rostov" jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Rostov" so‘ngi ikki yilda ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Rossiya chempionatida bir mavsum vise-chempion bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan mavsum Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasida katta shov-shuvlarga erishdi. Ammo, afsuski, o‘tgan mavsumda Rossiya chempionatida 6-o‘rin bilan kifoyalandi va bu mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etmaydi. Aksiga olib Eldor Shomurodovning "Rostov" bilan shartnoma imzolashi "Rostov" yevrokuboklardan chetga qolgan vaqtiga to‘g‘ri kelib qolmoqda.

Odamni biroz xavotirga soladigan tarafi "Rostov"ning ayrim yulduzlari ham boshqa jamoalarga o‘tib ketganligida. Ammo hali hammasi oldinda. Umid qilamizki, ushbu mavsumda "Rostov" ijobiy natijalar qayd etadi va eng muhimi Eldor Rossiyada ham o‘zini har tomonlama ko‘rsatadi. "Rostov"ning ayrim asosiy tarkib futbolchilari boshqa jamoalarga o‘tganligi ham balkim Eldor Shomurodovning foydasiga ishlar. Sababi uning asosiy raqobatchilari endi jamoada yo‘q va Eldorda asosiy tarkib uchun imkoniyat yanada ortadi.

* * *

Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchilardan Vadim Afonin Rossiyaning "Orenburg" klubidan "Anji"ga, Aziz Ibragimov esa Eronning "Mashinasoziy" klubidan Latviyaning "Spartak Yurmala" klubiga ko‘chib o‘tibdi. Umid qilamanki, yozgi transfer tuynugi shu transferlardan iborat bo‘lmaydi va boshqa futbolchilarimiz ham ajoyib jamoalar bilan kelishuvga erishadilar.

Ulug‘bek Xudoyberganov (Bek_Uzbekistan)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:41, 18.07.2017.
O'qildi: 10512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.