“Boka Xuniors” hujumchisi Fakundo Kolidio faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Argentinada “yangi Teves” deb ataladigan futbolchi uchun Milan klubi 6 million yevro to‘ladi. Faqat futbolchi 18 yoshga to‘lgunga qadar, ya’ni yanvargacha “Boka Xuniors”da o‘ynab turadi. Keyin esa “Inter” bilan rasmiy shartnoma imzolaydi.