Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche - Lasio
22/12 01:00 Barselona - Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol

Sebalyosning Sevilyadan Madridga qadar bosib o‘tgan yo‘li

Sebalyosning Sevilyadan Madridga qadar bosib o‘tgan yo‘li

Baho:
+ | -

Polshada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi Dani Sebalyos yangi mavsumni «Qirollik klubi»da boshlaydigan bo‘ldi.

Sevilya yaqinida tug‘ilib-o‘sgan yosh iqtidor sohibini Andalusiyaning bosh jamoasi tizimiga jalb etish mutaxassislarga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmadi. Dani 8 yoshda «Se­vilya» akademiyasining o‘quvchisiga aylandi. Biroq tez orada sevilyaliklar orzusi chippakka chiqdi - Sebalyosda surunkali bronxit xastaligi aniqlangandi. Murabbiylar fikricha, bu illat Danining chinakam professional darajasiga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qilardi.

Shu sababli 13 yoshli iqtidor sohibi kamtarin «Utrer»ga berib yuborildi. Bronxit asoratidan esa darak bo‘lmadi. Shu sababli Sebalyos «Utrer»dagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng «Sevilya»ning ashaddiy raqibi - «Betis»ga yo‘l oldi. «Sevilyada juda baxtsiz edim, «Betis»dagilar esa mahoratimni munosib baholashdi», - deydi Dani yaqin o‘tmishdagi faoliyati haqida.

Chindan ham o‘ta qisqa vaqt ichida yarim himoyachi so‘nggi o‘n yillikdagi kelajagi porloq yoshlar qatoridan joy oldi, 18 yoshida klub yetakchisiga aylandi. Ayniqsa, jamoa segundaga tushib ketgan 2014 yili samarali to‘p surib, 5 gol muallifi bo‘ldi va «Betis»ning elitaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi. Mutasaddilar esa yosh iqtidor sohibi bilan tuzilgan shartnomani 2020 yilga qadar uzaytirib, tovon pulini 15 mln. qilib belgilashdi.

Primeradagi debyut mavsumidan keyin Sebalyosga «Napoli», «Arsenal», «Liverpul» va «Atletiko»dan «sovchilar» kela boshlashdi. «Real» ham o‘z skautlarini yubordi. Ammo futbolchi barcha takliflarni rad etdi. Ehtimol, o‘shanda Dani yangi jamoada beshinchi zaxira o‘yinchiga aylanib qolishdan cho‘chigandir?

Axir u «Real» va «Barsa»dan jiddiy takliflar tushgan bugungi kunda ham bir yil ijarada to‘p surishiga ruxsat berishlarini so‘rayaptida. Maqsadi - muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish, to‘xtab qolmaslik. Hozir Sebalyos Marko Asensio va Xesus Valyexo bilan birgalikda Ispaniyaning asosiy umidi bo‘lib turibdi. Mazkur uchlik avvaliga U-19 toifasidagi musobaqaning finalida mukammal darajada shakllangan Germaniyaga imkoniyatni boy berdi.

So‘nggi qit’a birinchiligida Sebalyos 3ta uchrashuvda to‘liq to‘p surib, bironta gol urmadi, atigi bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Lekin baribir, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan «Atletiko» vakili Saulni ortda qoldirib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. Buning asosiy sababi shundaki, Polsha maydonlarida Dani yoshiga xos bo‘lmagan darajada ishonchli o‘yin namoyish etdi. Hattoki, imkoniyat boy berilgan nemislarga qarshi bahsda ham uni eng foydali o‘yinchi sifatida e’tirof etishdi.

Italiya bilan kechgan bellashuv Sebalyos uchun eng omadlisi bo‘ldi. Yarim himoyachi raqiblardan bir necha marta to‘pni olib qo‘yib, jamoadoshlarini qulay vaziyatlarga olib chiqdi. Bir marta maydon markazidan raqib jarima maydonchasigacha reydni amalga oshirdi. Raqiblaridan ortda qolmaslikka odatlangan markaziy yarim himoyachi himoyalanishni ham, hujumga o‘tishni ham risoladagidek bajara oladi. «Betis»da u ko‘proq markazda to‘p surardi, garchi qanotlarda ham ishonchli harakatlansada.

Sebalyosning asosiy ustunligi tez fikrlay olishida. Voqealar rivojini oldindan anglab, nafaqat raqiblari, balki sheriklaridan ham tezroq fikrlaydi. Jamoadoshlari to‘pni egallagan payt Dani uning qayerga uzatilishini aniqlay oladi, to‘pni qabul qilmay turib, kimga uzatishini ham belgilab qo‘yadi.

Ana shu xususiyati bilan Inyesta va Pirloni eslatadi. «Inyesta har bir ispaniyalik yosh futbolchi uchun o‘rnak bo‘la oladi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham yetakchi. Shu bois xoh klub bo‘lsin, xoh terma jamoa o‘yin sur’atini u belgilaydi», - degandi Dani shu yilning boshida.

Yosh yarim himoyachi yuksak texnika mahorati bilan ham tengdoshlaridan ajralib turadi. To‘pni nazoratdan qochirmaslik, aniq mo‘ljallash qobiliyati qiyin vaziyatlarda unga qo‘l keladi. Uning universal o‘yinchiligiga esa statistik ko‘rsatkichlar orqali ishonch hosil qilish mumkin: har bir uchrashuvda o‘rtacha 2,05 marta raqiblar tomonidan uzatilgan to‘plarni egallab oladi, 3,3 marta to‘pni ulardan olib qo‘yadi.

So‘nggi payt­larda «Betis» murabbiylari uni ko‘proq pleymeyker pozisiyasiga tushirishayotgandi. Futbolchi to‘pni kerakli payt oldingi chiziqqa yetkazib berishni, individual mahorati yordamida samarali reydlar uyushtirishni ham qoyillatadi. Qo‘shimchasiga, to‘psiz qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi. To‘g‘ri, deyarli barcha yosh futbolchilar kabi Sebalyos ham ayrim salbiy odatlardan xoli emas. O‘zining keraksiz harakatlari va yiqilishlari bilan ko‘pchilik muxlislaridan ajrab qolishi mumkin.

Shuningdek, jizzakiligi uchun ko‘pincha raqib o‘yinchilarini muvozanatdan chiqarishga urinadi. «Tvitter»dagi bema’ni e’tiroflari evaziga u Jerar Pike kabi ko‘pchilikning nafratiga duchor bo‘ladigan futbolchiga aylanishi mumkin. Biroq internet hammasini biladi - Kasilyas va Karbonero sha’niga yo‘llangan haqoratlar.

Yozuvlar bundan 2-4 yil avval paydo bo‘lgani bois, ko‘pchilik uni o‘smirlarga xos sho‘xlik sifatida qabul qilgan. Albatta, yosh futbolchining faoliyatida ijobiy e’tiroflar ham yo‘q emas. Masalan, Messining obro‘sini to‘kmoqchi bo‘lgan shovvozlarga Leoning 4ta «Oltin to‘p» surati bilan javob qaytargandi.

Sebalyos qaysi jamoani tanlashi bir hafta davomida Ispaniya nashrlarining diqqat markazida bo‘ldi. «Barselona»ga Inyesta o‘rnini to‘ldirish uchun aynan Dani Se­balyos zarur edi. «Real» esa o‘z o‘ljasini osonlikcha berib qo‘yadigan jamoa emas.

Xullas, futbolchining qarorini kutishdan zerikkan «Qirollik klubi» Dani oldiga ultimatum qo‘ydi: «8 iyulga qadar o‘z roziligini bildiradi yoki kelishuv barbod bo‘ladi».

Sebalyos shu tariqa 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. «Real», o‘z navbatida, yarim himoyachi uchun asosiy tarkibdan joy ajratishni va’da qildi. Shu tariqa jamoa mamlakatning yorqin yoshlari - Asensio, Lyorente, Valyexo va Sebalyosni bir yerga jamladi.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 21.07.2017.
O'qildi: 6775 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.