Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

2018 yildan boshlab Formula 1 bolidlariga Halo himoya tizimi o‘rnatiladi

2018 yildan boshlab Formula 1 bolidlariga Halo himoya tizimi o‘rnatiladi

Baho:
+1 | -

19 iyul kuni Strategik ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu sistema 2018 yildan ishga tushirilishi haqida kelishib olindi.

Halo sistemasiga poygalarda qatnashadigan 10ta jamoadan 9tasi qarshilik qilgan bo‘lishiga qaramay shunday qaror tasdiqlandi.

Pilot boshini himoya qilishning Halo tizimi 2016 yilda mavsumoldi test poygalari mobaynida Ferrari jamoasi pilotlari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel tomonidan sinab ko‘rilgan edi. Halo himoya tizimi konstruksiyasi kokpit yonlari va pilotning oldidagi uchta biriktiruv nuqtasiga ega yoy shakli ko‘rinishida bo‘ladi.

Mazkur yig‘inda, shuningdek, "Qalqon" deb atalgan, pilot boshini himoyalovchi boshqa bir tizim ham ko‘rib chiqilgan. U kokpit oldiga o‘rnatiladigan shaffof qubba shaklida bo‘lgan. Bu tizimni yaqinda bo‘lib o‘tgan Britaniya gran-prisida Sebastyan Fettel sinab ko‘rgan. Poygachining so‘zlariga ko‘ra, "qalqon"li mashina bilan trassada yurib ko‘rgach, uning boshi aylangan va u bilan bolidni boshqarish oddatdagidan birmuncha qiyin bo‘lishini ta’kidlagan.

Formula 1 poygalari ishtirokchilari Halo tizimi haqida quyidagicha izoh berishdi.

"70-yillar ortda qoldi. To‘g‘ri avvalari men ham kokpit usti ochiq bo‘lishi kerak deb o‘ylar edim, biroq bunday fojealarga yakun yasash kerak", - deydi 2009 yilgi mavsum chempioni Jenson Batton.

Red Bull jamoasining avstraliyalik pogachisi Daniel Rikkardo ham Batton fikriga qo‘shildi: "Hozirgi vaqtda poygachining eng nozik nuqtasi bu bosh qismi bo‘lib qolmoqda. Agarda shunday himoya paydo bo‘lsa, bu poygachining hotirjam bo‘lishiga yordam beradi va havfni ancha kamaytiradi".

Biroq ayni damda Reno jamoasida ishtirok etayotgan Niko Xyulkenberg bu tizimni qoraladi. "Menga bu g‘oya yoqmayapti. Fikrimcha poygachi kabinasi doimo ochiq holda bo‘lishi kerak. Sport prototip poygalar aynan mana shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Bu sportkarlar emas. Men uchun oldi qismida oynasi bor avtomobilni boshqarish muammo emas", - deydi Niko Xyulkenberg.

Mazkur yig‘ilish doirasida shuningdek, poygalarni tomoshabopligini oshirish, yonilg‘i va boshqa ehtiyot qismlarini nazorat qilish va 2021 yilgi dvigatellar mavzularida suxbat olib borildi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:45, 21.07.2017.
O'qildi: 2777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.