Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Britaniya itlari» banneri uchun «Guanchjou Evergrand» klubi jazolandi

«Britaniya itlari» banneri uchun «Guanchjou Evergrand» klubi jazolandi

Baho:
+ | -

OCHL guruh bosqichining 5-turidagi voqea uchun Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi OFK tomonidan jazolandi.

Luis Felipe Skolari boshchilik qilayotgan «Guanchjou Evergrand» guruh bosqichida Hongkongning «Istern» klubi bilan to‘qnash keldi. Tomonlarning Guanchjouda kechgan birinchi o‘yinida mezbonlar 7:0 hisobida zafar quchgandi. Bundan ruhlangan xitoylik muxlislar javob o‘yinida hongkongliklarni haqoratlovchi banner ko‘tardi, deb xabar bermoqda Isport. Bannerda «Britaniya itlarini yer tishlating! Hongkong mustaqilligi zahrini bartaraf eting!» degan so‘zlarni ko‘rish mumkin edi.

Ma’lumki, futbol siyosiy ruhdagi har qanday chiqishlarni qoralaydi. Shundan kelib chiqib, OFK muxlislarining bu qilig‘i uchun «Guanchjou Evergrand» klubini jazolashga qaror qildi. Endi Xitoy klubi Chempionlar ligasidagi ikki uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazadi va 22,5 ming AQSH dollari miqdorida jarima to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Hongkong 1842 yil britaniyaliklar tomonidan egallab olingan bo‘lib, koloniyaga aylanib qolgandi. 1997 yilga kelib esa Hongkong rasman Xitoyga qaytarilgan.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 21:58, 21.07.2017.
O'qildi: 4790 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик