Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Abbos Maxstaliyev: “Muxlislarning e’tibori tufayli “Navbahor”ni tanladim”

Abbos Maxstaliyev: “Muxlislarning e’tibori tufayli “Navbahor”ni tanladim”

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘ida “Navbahor” tarkibiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. Ular orasida tarkibdan o‘rin olgan yarim himoyachi Abbos Maxstaliyev muxlislarimizga yaxshi tanish. Faoliyati davomida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan Abbosni “Navbahor”ga o‘tishi namanganlik muxlislarni quvontirganligi bor gap. Bugungi kunga kelib futbolchini ikkinchi davrani “Navbahor”da o‘takzishi hal etib bo‘lingan masala. Muxlislarimizning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda Maxstaliyevga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Abbos ikkinchi davraga tayyorgarlikni yangi jamoada boshladingiz. “Navbahor”ga o‘tishingiz xususida nima deya olasiz?
- Jamoadagi ko‘pchilik men uchun begona emas. Xususan bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov bilan “Paxtakor”dagi faoliyatim davomida birga ishlaganmiz. Bundan tashqari Jahongir Mehmonov va Ro‘zimboy Ahmedovlar bilan “Neftchi” jamoasida ham birgalikda to‘p surganmiz. Boshqa futbolchilar bilan ham o‘yinlar davomida uchrashib turganimiz sababli ular bilan muloqotda bo‘lib turamiz. Aynan shu sababli hech bir ikkilanishlarsiz “Navbahor”dan tushgan taklifni qabul qildim.
- Umuman olganda “Navbahor” varianti qay tariqa paydo bo‘ldi va jamoaga Sizni kim taklif etdi?
- Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov qo‘ng‘iroq qilib birga ishlash niyati borligini bildirdi. Ilhom akani yaxshi bilganim sababli taklifga rozilik bildirib, “Navbahor” jamoasiga ko‘chib o‘tdim.
- “Neftchi” jamoasidan ketishingiz oson bo‘lmagandir?
- Boshida qarshilik qilishdi. Lekin, jamoada murabbiylar almashganligi sababli o‘zimda jamoadan ketish istagi paydo bo‘lgandi. Shu sababli klub rahbari Tohir aka bilan maslahatlashib, farg‘onaliklar bilan do‘stona ruhda xayrlashdim.
- “Navbahor”ga o‘tib o‘z oldingizga qanday maqsadlarni qo‘ymoqdasiz?
- Yuqori maqsadlarni ko‘zlamoqdaman. Nafaqat “Navbahor” balki vodiy klublariga muxlislarning e’tibori o‘zgacha, ya’ni ancha talabchan sanalishadi. Ishqibozlar bilan to‘la o‘yingohda to‘p surish har qanday futbolchi uchun sharafli. Ayniqsa bahs davomida Sizni qo‘llab-quvvatlab turishsa katta ishtiyoq bilan to‘p surasiz. Namangandagi har bir uchrashuv ishqibozlar bilan gavjum bo‘ladi. Aynan shu jihatdan kelib chiqqan holda bir nechta takliflar orasidan “Navbahor” variatini tanladim.
- Ayni paytda “Navbahor” muxlislarining Sizdan umidlari katta. Ishqibozlarga aytar so‘zingiz bordir?
- Bildirilgan ishonch uchun rahmat aytaman. Bu ishonchni chiroyli o‘yinlarim orqali amalda isbotlashga harakat qilaman. Umuman olganda ikkinchi davrada “Navbahor” jamoasini munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa, g‘alabalar bilan ishqibozlarni xursand qilamiz degan umiddaman.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:45, 22.07.2017.
O'qildi: 4247 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик