Germaniyaning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi e’lon qilindi.
Nemis futbol ittifoqi sayti xabariga ko‘ra, «Bavariya» himoyachisi Filipp Lam mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U chempionat yakunlanganidan so‘ng, butsalarini mixga ilgan edi.
«Hoffenhaym»ning 30 yoshli ustozi Yulian Nagelsmann eng yaxshi murabbiy deb topildi. Jamoa 4-o‘rinni egallab, o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.