Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alisher Shog‘ulomov: “Abramovning o‘yin uslubi menga juda yoqadi”

Alisher Shog‘ulomov: “Abramovning o‘yin uslubi menga juda yoqadi”

Baho:
+ | -

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 23 iyul kuni “So‘g‘diyona”ga qarshi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.

O‘yinda 2:2 natijasi qayd etildi. Vadim Abramov jamoasidan Sherzod Hakimov hamda Mo‘ydin Mamazulumov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu uchrashuvda “Neftchi” bosh murabbiyi aksar o‘yinchilar qatori Alisher Shog‘ulomovga ham dam berdi. O‘yindan so‘ng klub rasmiy sayti undan intervyu oldi.

– Alisher aka, “Neftchi” safiga qo‘shilganingizga ma’lum bir vaqt bo‘ldi. Taassurotlar qanday ? Toshkentdagi tayyorgarlik jarayoni borasida o‘z fikrlaringizni bildirsangiz.

– Toshkentda juda xam qizg‘in tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Mashg‘ulotlarda ko‘proq to‘p bilan muomila qilishga urg‘u berilyapti. Shuningdek jamoa uchun foydali bo‘lgan bir qator o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etdik. Umuman olganda ikkinchi davraga qizg‘in xozirlik ko‘ryapmiz.

– Hozirgacha Toshkentda 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi va 3 xil natija qayd etildi. Ortda qolgan bellashuvlar borasidagi fikrlaringiz ?

– Ochig‘i, “Qizilqum” bilan o‘yinda chin ma’noda o‘zimizga “o‘xshamadik”. Chunki og‘ir mashg‘ulotlar jarayonidan so‘ng bu o‘yinda ishtirok etish qo‘shimcha bosim tug‘dirdi. Albatta bu mag‘lubiyat uchun bahona bo‘la olmaydi. Lekin “Qo‘qon-1912″ga qarshi bahs nisbatan boshqacha kechdi. Uchrashuvda murabbiylar bergan ko‘rsatmalarni to‘liq bajardik va muvaffaqiyatga erishdik. “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yinda esa o‘tgan uchrashuvdagi futbolchilarga dam berildi. Jizzaxliklarga qarshi bellashuv ham qizg‘in kechdi. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qo‘ldan chiqarildi. Umuman olganda, “So‘g‘diyona” bilan o‘yinda ham jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

– Yangi jamoa tarkibidagi maqsadlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz, Farg‘onada boshlanayotgan faoliyatingizdan nimalar kutyapsiz ?

– Albatta yaxshi niyatlar bilan “Neftchi”ga keldim. Men Vadim Karlenovichning taklifi bilan faoliyatimni Farg‘ona klubi bilan bog‘layapman. Bu murabbiyni qanday darajadagi mutaxassis ekanligini barcha yaxshi biladi. Bevosita hujumchi sifatida Vadim Karlenovichning futbol falsafalari menga juda yoqadi. Nasib qilsa, ikkinchi davrada ko‘plab gollar urib muxlislarni xursand qilmoqchiman.

– Yangi jamoadoshlaringizdan qaysi futbolchilarni alohida e’tirof etasiz?

– Mansur Saidov, Mo‘ydin Mamazulumov va Sherzod Hakimovlarni alohida aytib o‘tishim mumkin. O‘yinlarda ushbu jamoadoshlarim bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunib harakat qilyapmiz. Umuman olganda jamoamizda xar bir futbolchini mana shunday alohida e’tirof etish mumkin. Vadim Abramov ikkini davra oldidan yaxshi jamoa shakllatirmoqda.

– “Neftchi”ga raqib sifatida ko‘p to‘qnash kelgansiz. Biroq kunlar kelib Farg‘ona klubi sharafini himoya etish haqida xech o‘ylaganmisiz yoki bu jamoaga o‘tish varianti avval ham bo‘lganmi ?

– Yuriy Sarkisyan davradan beri “Neftchi”ga qiziqib kelardim. O‘sha davrlari xar bir yetishib chiqayotgan yosh futbolchi “Neftchi”dek jamoada o‘ynashni orzu qilardi. Ha albatta, “Neftchi” jamoasida o‘ynash istagi avval ham bo‘lgan. Mana endilikda jamoa futbolchisi sifatida faoliyatimni davom ettiraman

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 10:45, 24.07.2017.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.