Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“So‘g‘diyona” murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

“So‘g‘diyona” murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘z arizasiga binoan klubni tark etgandi.

Jamoani yordamchi murabbiy Diyor Fayziyev boshqarib kelayotgandi. Klub rahbariyati uni jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinladi.

Shu bilan birga, Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida yangi murabbiy ish boshladi. Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Zohid Nurmatov endilikda jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi va u futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga ma’sul bo‘ladi. 53 yoshli mutaxassis bungacha oliy liganing “Nasaf”, “Dinamo”, “Guliston”, “Navbahor” hamda “Andijon” kabi jamoalarida Bahrom Hakimov va Baxtiyor Ashurmatovga yordamchi murabbiy sifatida asssisentlik qilgan. Qo‘qonlik murabbiyning so‘nggi ish joyi “Andijon” edi. O‘tgan yili may oyida o‘z arizasiga ko‘ra, “burgutlar” bilan xayrlashishga qaror qilgan Nurmatov bungacha hech bir jamoada ko‘rinish bermay kelayotgandi.

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 17:36, 24.07.2017.
O'qildi: 4034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик