Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

1-6 avgust kunlari Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ham ishtirok etadi. Erkin va yunon-rum kurashlari bo‘yicha terma jamoalarimiz tarkibiga beshtadan sportchi kiritilgan bo‘lsa, ayollar kurashida 3 nafar qizimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Tajribali mutaxassis Ravshan Ro‘ziqulov ustozligidagi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz tarkibi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati kumush medal sohibi Ilhom Bahromov, 2015 yilgi Osiyo chempioni To‘rabek Tirkashev, qit’a chempionati bronza medali egasi Mahmud Bahshilloyev, Osiyo chempionatining kumush medal sovrindori Jalgas Berdimuradov va joriy yilda qit’a chempionligiga erishgan Temur Mirzo Mamajonovlar hisobiga to‘ldirildi.

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoamizga Aleksandr Nedorezov va Olimjon Hikmatovlar ustozlik qilishadi. Tarkibga esa jahon chempionati kumush medali sohibi G‘ulomjon Abdullayev, delegasiyamiz tarkibida sportning ushbu turi bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining eng yosh polvoni sifatida nom qozongan Abbos Rahmonov, 2017 yilgi Osiyo chempionati kumush medali sohibi Isa Shapiyev, uning egizagi - qit’a chempionatining bronza medali egasi Javrail Shapiyev va Osiyo chempioni Hasanboy Rahimovlar kiritilishgan.

Va nihoyat ayollar kurashi bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqalarda Osiyo chempionatining bir yo‘la uch nafar bronza medal sohibalari Shahodat Djulibayeva, Xadicha Najimova va Nabira Yesenbayevalar yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Qizlarimizga jahon chempionatida Ahmet Kagarmanov ustozlik qiladi.

Guvohi bo‘lganingizdek, Finlyandiyaga murabbiylar shtabi xalqaro maydonlarda toblangan, nufuzli musobaqalarda zafar quchib, g‘alaba nashidasini surgan yosh polvonlarimizni olib ketishmoqda. Demak, terma jamoamizdan jahon chempionatida ijobiy natijalar kutishga xaqlimiz. Sportchilarimiz so‘nggi bir necha hafta davomida mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik olib borishdi. Umid qilamizki, o‘tkazilgan tinimsiz mashg‘ulotlar Tampere arenalarida o‘z samarasini beradi. Delegasiyamiz a’zolari ertaga, 29 iyul kuni kechqurun Finlyandiyaga jo‘nab ketishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:26, 28.07.2017.
O'qildi: 3177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.