Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» yarim finalga yaqin keldi, ammo...

O‘zbekiston kubogi. «Qo‘qon-1912» yarim finalga yaqin keldi, ammo...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichi doirasida "Qo‘qon-1912" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Shu bois, bugungi uchrashuvni qo‘qonliklar hujumkor ruhda boshlashdi. 3-daqiqada mezbonlar ajoyib kombinasiya tashkil etishdi. Yakuniy zarba biroz kuchsiz chiqdi. 8-daqiqada mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Islom Kenjaboyevga so‘nggi pallada tajriba yetishmadi.

20-daqiqa o‘tib borayotgan paytda mehmonlar himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida Filip Rayevasni yiqitdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib hisobni ochdi.

35-daqiqada  mehmonlarning hujumi xavfli chiqdi biroq samarasiz tugadi. 42-daqiqada Suhrob Berdiyev chap qanotdan katta tezlikda raqib darvozasi tomon kirib bordi. Ammo so‘nggi pallada mehmonlar himoyachisi xavfni bartaraf etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda “ajdarlar” hisobni tenglashtirishga yaqin kelishdi. Nikita Ribkin o‘z mahoratini namoyish etgan holda to‘pni ushlab oldi. So‘nggi daqiqada Filip Rayevas raqib darvozasini ishg‘ol etishi mumkin edi. Ammo uning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi taymni ham No‘’mon Hasanov shogirdlari shiddat bilan boshlashdi. Boisi keyingi bosqichga chiqish uchun yana ikkita gol kiritish lozim edi. Buni yaxshi his yetgan futbolchilar hujumga zo‘r berishdi. Ammo taym boshida bir qator hujumlar samarasiz yakunlandi.

50-daqiqada juda chiroyli hujum tashkil etdik. Rayevas-Sidiqov kombinasiyasi muxlislarning olqishlariga sabab bo‘ldi. 65-daqiqada mezbonlar ajoyib kombinasiya tashkil etishdi. Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan keyin Jamshid Hasanov raqib darvozasini ishg‘ol etdi — 2:0.

Nikita Ribkin bugun a’lo darajada o‘ynaganini ta’kidlash joiz. Darvozabonimiz bir necha marta "Qo‘qon-1912" joniga oro kirdi. 74-daqiqada Andrey Sidorov hisobni yirik ko‘rinishga olib kelishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi. 76-daqiqada omad mehmonlardan ochiqchasiga yuz o‘girdi. Shahboz Erkinovning darvoza yaqinidan boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi.

Bitta gol "Qo‘qon-1912"ni yarim finalga olib chiqardi va mezbonlar oldinga tashlanishdi. Ammo gol urish qarshiliklarga nasib etdi. 88-daqiqada Shahboz Erkinov hisobni qisqartirdi. Goldan keyin mezbon jamoa futbolchilari raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Biroq ulardan foydalana olmadik. So‘nggi daqiqada esa "Nasaf"ning yangi futbolchisi Jasur Hasanov hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" 2:0 hisobida oldinda borayotib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar natijasida uchrashuvda durang qayd etildi.

O‘zbekiston kubogi, chorak final, javob uchrashuvi
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Nasaf» (Karshi) – 2:2 (1:0)
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Akmaljon Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).
Gollar: Murod Xolmuhammedov – 21 (pen), Jamshid Hasanov – 65. – Shaxboz Erkinov – 88, Jasur Hasanov.
“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov (11. Andrey Sidorov-57), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (4. Bahodir Akramov-62), 77. Murod Xolmuhammedov (5. Jalil Kimsanov-67), 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 24. Ibrohim Rahimov, 96. Muhammadanas Hasanov.
“Nasaf”: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Maqsud Karimov (s), 6. Aziz G‘aniyev, 10. Dilshod Rahmatullayev (5. G‘olib G‘aybullayev,-90), 15. Shahboz Erkinov, 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Islom Kenjaboyev (77. Jasur Hasanov-69), 34. Farruh Sayfiyev, 69. Dragan Cheran (22. Igor Golban-84), 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umid Ergashev, , 27. Islom Rashidxonov, 31. Saydullo Rahmatov, 45. Bobir Abduxoliqov.
Dastlabki o‘yin — 1:4

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 20:12, 28.07.2017.
O'qildi: 9024 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.