Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 1-0 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 0-0 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Andrey Miklyayev: «Baxtimizga Ivan Nagayev vaziyatdan foydalana olmadi»

Andrey Miklyayev: «Baxtimizga Ivan Nagayev vaziyatdan foydalana olmadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichi doirasida "Lokomotiv" - "Buxoro" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyayev stadion.uz saytiga o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, qo‘shimcha bo‘limlarda "temiryo‘lchilar" g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi (3:0).

"Haqiqiy Kubokka xos o‘yin bo‘ldi. Safarda 0:0 hisobidaga durang o‘ynaganimiz uchun o‘z uyimizda golli durang ham bizni qoniqtirmasdi. Birinchi bo‘limda himoya haqida ham bosh qotirishga to‘g‘ri keldi. Baxtimizga Ivan Nagayev vaziyatdan foydalana olmadi — to‘p ustunga tegib qaytdi. Agar u gol urganida, biz kamida 2ta gol urishimizga to‘g‘ri kelardi. Umuman olganda, o‘yin to‘lig‘icha bizning ustunligimiz ostida o‘tdi. Raqib yaxshi himoyalandi. Biz esa shunchaki birinchi golni urishimiz kerak, shunda hammasi joyiga tushardi. Shunda raqib ochilishga majbur bo‘lardi. Birinchi to‘pni kiritib olganimizdan keyin buxoroliklarning hujumga o‘tib, ortga qaytishlari og‘ir bo‘ldi. Buni futbolchilar yaxshi tushunib turishgandi.

O‘yin 120 daqiqa davom etishini istamagandik, ammo hammasiga tayyor turgandik. Hattoki, kecha penalti tepishni mashq qilgandik. "Buxoro" shunchaki taslim bo‘lmasligini bilardik. Qiyin o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga o‘tganimiz uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Biz biroz bo‘lsa-da yaxshiroq o‘ynadik. Shuning uchun natija haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman.

2 avgust kuni bizni "Nasaf"ga qarshi O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi doirasida qiyin o‘yin kutib turibdi. Bugun futbolchilar katta kuch yo‘qotishdi. Ertaga ularning tiklanish jarayonini yaxshi tashkil qilishimiz kerak. Bu biz uchun muhim", — dedi Andrey Miklyayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:58, 28.07.2017.
O'qildi: 6599 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик