Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 18:00 Ruminiya 3-0 Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik 0-1 OKMK
17/06 21:00 Belgiya 0-1 Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya 0-1 Fransiya
18/06 21:00 Turkiya - Gruziya
18/06 23:59 Portugaliya - Chexiya

«Milan» tarixidagi eng qimmat transferlar

«Milan» tarixidagi eng qimmat transferlar

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi «Yuventus» himoyachisi Leonardo Bonuchchini safiga qo‘shib olish orqali o‘z tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga qo‘l urdi.

Mazkur kelishuvdan so‘ng Soccer.ru sayti ijodkorlari «rossoneri»ning bundan avvalgi xaridlariga alohida to‘xtaldi.

Darvozabon:

Nelson Dida (5,5 mln. yevro - «Kruzeyro»)

«Milan» tarixidagi eng qimmat darvozabon. Yevropaga safarini Shveysariyaning «Lugano» klubidan boshlagan kiper mavsum davomida umuman maydonga tushmadi. Natijada vataniga qaytib, bir mavsum «Kruzeyro» sharafini qimoya qildi. Shundan so‘ng Dida «rossoneri» safiga kelib qo‘shildi va klubning asosiy darvozaboni sifatida ajoyib sakkiz mavsumni o‘tkazdi. Braziliyalik darvozabon «Milan» safida ikki marta YECHL, bir marta UYEFA superkubogida g‘olib bo‘ldi, «A» seriyasi, Italiya kubogi va Italiya superkubogi sovrinlarini bir martadan qo‘lga kiritdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikki marta zafar quchdi.

Himoyachilar

Rikardo Rodriges (18 mln. yevro - «Volfsburg»)

Shveysariyalik himoyachi «A» seriyadagi sarguzashtlarini boshlashga tayyor turibdi. Rikardoning iqtidoriga hech kim shubha qilmaydi, hozirda u o‘zining eng yuqori sport formasida. 24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun Kataloniya grandi «Barselona» va APLning bir qator klublari da’vogar edilar. Rikardo «rossoneri»ni tanladi va klub tarixidagi eng qimmat himoyachilardan biriga aylandi. Uning transferi «Milan» uchun omadli kelishini kutish mumkin.

Alessio Romanyoli (25 mln. yevro - «Roma»)

«Milan»ning o‘tgan mavsumdagi ikki xaridi top-10talikka kirgandi. Bu transferlar Karlos Bakka va Alessio Romanyoli edi. 22 yoshli himoyachi jamoa safiga qo‘shilgach, uning ijobiy xislatlarini namo­yish etib, himoya markazining asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylanishi kutilgandi. To‘g‘ri, Romanyoli yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q, lekin unga birga o‘ynaydigan yaxshi salohiyatli sherik ham kerak-da.

Alessandro Nesta (30,5 mln. yevro - «Lasio»)

Nesta «Milan» tarixidagi qimmat uch futbolchining biri hisoblanadi. Ha, bu transfer amalga oshganiga ancha bo‘ldi. O‘sha vaqtda 30 million sarflangan himoya­chi o‘z o‘yinlari bilan bu summani to‘liq oqlagan. Alessandro «Lasio»ning yosh afsonasi edi. Klub bilan u «A» seriya chempioniga aylangan hamda UYEFA kubogining finaliga qadar yetib borgandi. «Milan»ga esa ancha tajribali futbolchi sifatida kelib, afsona darajasigacha yetdi. Iqtidorli himoyachi Maldinining doimiy hamrohi edi.

Kaxaber Kaladze (16 mln. yevro - «Dinamo» K.)

O‘tgan mavsum yakunlangach, «Milan» 18 mln. yevro evaziga markaziy himoyachi Musakkioni sotib oldi. Uning narxi Kaladzenikidan qimmatroq, ammo gruziya­lik himoyachining jamoaga qilgan xizmatlari hamda hurmat yuzasidan mazkur ramziy termadan Musakkio emas, Kaladze joy oldi. Hozirgi kunda siyosat bilan shug‘ullanayotgan Kaxa o‘z vaqtida kuchli universal himoyachilardan biri bo‘lgan. U Anchelotti qo‘l ostida shug‘ullana boshlaganda mukammal darajadagi futbolchiga aylangandi. Kaladze «Milan» bilan ikki marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. Gruziya futbolida hozir Kaxaga o‘xshash futbolchilar deyarli yo‘q.

Yarim himoyachilar

Andrea Pirlo (18 mln. yevro - «Inter»)

Italiyalik maestro dastlab «Inter» safida ko‘rinish berdi. Yosh Pirloni 18 million yevro evaziga hamshahriga sotib yuborgan «neradzurri» xatoga yo‘l qo‘ydi. Tayanch zonasida harakatlanadigan Andrea mukammal futbolchi bo‘lib yetishdi. «Qizil-qoralar» safida o‘n yil davomida maydonga tushgan pleymeyker ikki marta Chempionlar Ligasida, xuddi shuncha marta «A» seriyasida g‘olib chiqdi. Umumiy hisobda «rossoneri» bilan 9ta sovringa ega bo‘ldi. Bundan tashqari, Pirlo Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylandi. Aytish joiz, «Milan» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bor-yo‘g‘i 18 million yevro evaziga qo‘lga kiritilgandi. Hozir esa bunday summaga o‘rtahol himoyachi topish ham qiyin.

Ruy Koshta (42 mln. yevro - «Fiorentina»)

«Milan» sotgan eng qimmat futbolchi - Kaka. Braziliyalik futbolchi «Real» safiga 65 million yevro evaziga o‘tgan. Ruy uchun milanliklar «Fiorentina» hisobiga 42 million yevro o‘tkazib berishdi. Bu transfer 2001 yil amalga oshganini inobatga olsak, haqiqatan ham juda qimmat kelishuv bo‘lganini aytish mumkin. «Milan» tarkibida besh mavsum to‘p surgan Ruy «A» seriyasi, Italiya kubogi va superkubogi, YECHL, UYEFA superkubogi turnirlarida g‘olib bo‘ldi.

Klarens Zeedorf (22,5 mln. yevro - «Inter»)

Yana bir omadli transfer, yon qo‘shnidan sotib olingan futbolchi. Zeedorf «Milan» tarkibida 10 yil o‘ynadi va xuddi Pirlo kabi qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Klarens maydonda o‘zini yetakchilardek tutishi hamda «qora ishchi» sifatida jamoa tarixidagi eng kuchli legioner futbolchiga aylandi - ajoyib xarid. Zeedorf shubhasiz, o‘ziga sarflangan pullarni ortig‘i bilan oqladi.

Hujumchilar

Filippo Inzagi (37 mln. yevro - «Yuventus»)

Bakka, Ibragimovich yoki Jilardinoni kutgandirsiz? Yo‘q, Filippo «Milan»ning ko‘p mablag‘ sarflangan futbolchilari ro‘yxatida yuqoriroqdan joy egallagan. Inzagining «Yuventus»ni tark etishida biroz tushunmovchiliklar yuzaga kelgandi, biroq uning keyingi faoliyati omadli kechib, o‘yinlari bilan Superpippo laqabini olishga muyassar bo‘ldi. Hujumchi jamoa safida 200dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushib, 100ga yaqin gol muallifiga aylandi. «Milan» tarkibida o‘n bir mavsumni o‘tkazgan Inzagi mudom asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasdi, ammo juda muhim gollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan.

Andrey Shevchenko (23 mln. yevro - «Dinamo» K.)

Ukrainalik afsona hozirda o‘z yurtining milliy terma jamoasini boshqarmoqda. Shevchenko «Milan» tarixidagi eng yorqin hujumchilardan biri bo‘lganligi hech kim sir emas. Ayniqsa, «Milan derbisi» va boshqa muhim uchrashuvlardagi gollar uning uchun sarflangan pullar besamar ketmaganligidan darak berardi. Berluskoni va Galliani ham «Dinamo»ga to‘langan 23 million yevro uchun mamnun edilar. Keyinchalik «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Andreyni 30 million yevro evaziga o‘z jamoasiga jalb etdi. Ammo bu qaror xato bo‘ldi va futbol jamoatchiligi ajoyib hujumchisini yo‘qotdi.

Andre Silva (38 mln. yevro - «Portu»)

Portugaliyalik iqtidorli hujumchi endi «Milan» tarixidagi eng qimmat transferlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Ko‘ramiz, «rossoneri» yana bir Ruy Koshtaga pul sarfladimi yoki o‘zining yangi Shevchenkosini topdimi? 38 million yevro - milanliklar uchun kichik summa emas, jamoaning yangi xo‘jayinlari juda saxiy chiqishdi va bunday yurishlarni yana ko‘rsak ajabmas. So‘nggi kunlarda Diyego Kostaning Milanda paydo bo‘lishi haqida ko‘p gapirildi. Andre Silva ispaniyalik hujumchi kabi tajribaga ega emas, ammo yosh, kelajagi porloq futbolchilar qatorida zikr etilmoqda.

BONUS

Leonardo bonuchchi (42 mln. yevro - «Yuventus»)

Italiya terma jamoasi himoyachisining «rossoneri» safiga o‘tishi «Milan» yana yirik transferlarga alohida e’tibor qaratayotganiga yana bir dalil. Leonardo Bonuchchining xaridi bonuslarni qo‘shib hisoblaganda milanliklarga 42 million yevroga tushdi. Albatta, mudofaa chizig‘idagi muammolar bu futbolchi hisobiga to‘ldirilishi muqarrar. Shunisi aniqki, endi har safar «Milan» sotib olgan qimmatbaho o‘yinchilar haqida maqola tayyorlanganda, Bonuchchining qancha summaga «qizil-qora» libosni kiyganiga alohida e’tibor qaratiladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:37, 31.07.2017.
O'qildi: 8981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.