«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlar bilan bog‘liq ish tufayli jiddiy jazoga tortilishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining aybi to‘liq isbotlansa, u kamida 7 yilgi qamalishi mumkin.
Ronaldu barcha soliqlar va jarimalarni to‘lasa, ushbu muddat bir necha barobar qisqarishi mumkin. 32 yoshli futbolchi 11 avgustga qadar vaziyatni yumshatish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2011-2014 yillar oralig‘ida 14,7 million yevro miqdorida soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda.