Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus 2-2 Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem 0-5 Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Davralar oralig‘ida Oliy liga klublarida yuz bergan o‘zgarishlar

Davralar oralig‘ida Oliy liga klublarida yuz bergan o‘zgarishlar

Baho:
+ | -

Davralar oralig‘ida Oliy liga klublarida yuz bergan o‘zgarishlar bilan tanishing.

"Lokomotiv"

«Temiryo‘lchilar» mamlakat kubogi chorak final doirasida «Buxoro»ga qarshi kechgan javob o‘yinidan keyinoq tiklanish mashqlariga kirishishdi. Mashg‘ulot avvalida futbolchilar yengil yugurishdi. Chigalyozdi jarayoni yakuniga yetgach, to‘p bilan ishlashga o‘tildi. «Buxoro» bilan uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilar nisbatan yengilroq mashqlar bilan cheklangan bo‘lsalar, qolganlarga to‘liq hajmda yuklama berildi. Tarkibdagi o‘zgarishlarga kelsak, «Al-Sayliya» (Qatar) klubi bilan shartnomasi muddati nihoyasiga yetgan Sanjar Shoahmedov ayni payt ozod agent maqomida va «Lokomotiv» mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Ammo uning ikkinchi davrani «temiryo‘lchilar» tarkibida boshlashi aniq emas. Shuningdek, birinchi davrada «So‘g‘diyona» tarkibida bo‘lgan Sarvar Karimov ham «Lokomotiv» mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi. Davralar oralig‘ida «Navbahor» safiga qo‘shilgani aytilgan darvozabon kutilmaganda, «lochinlar» bilan xayrlashdi. Xullas, Karimov kuni-kecha «Lokomotiv» yoshlar jamoasi tarkibida «Sho‘rtan»ga qarshi bahsda maydonga ham tushdi.

 

«Qo‘qon-1912»

Yozgi tanaffusda jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Muzaffar Abdullayev, Ruslan Melzitdinov va Sobir Hamidov «Qo‘qon-1912» bilan xayrlashishdi. Tabiiyki, ular o‘rni yangi kuchlar hisobiga to‘ldirildi. Deylik, Quvondiq Ro‘ziyev qo‘qonliklar safiga qaytdi. «Obod»dagi yorqin o‘yinlari orqali mutaxassislar nazariga tushgan Doniyor Hasanov ham No‘’mon Hasanov jamoasini tanladi. Ma’lum vaqt «Dinamo» ko‘rigida qatnashgan Andrey Sidorovning yana «Qo‘qon-1912» libosida maydonga tushishi aniq. Klub mutassaddilari mavsumning ikkinchi qismiga kirishishdan avval Qo‘qondagi «Markaziy» stadionida tarkibga jalb etilgan yangi futbolchilarni ommaga rasman tanishtirishdi. «Qo‘qon spirt» AJ boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchisi I.Abdullayev, jamoa rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar va  muxlislar ishtirok etgan ushbu shou-tadbir avvalida Quvondiq Ro‘ziyevga 70 hamda Doniyor Hasanovga 14-raqamli futbolka taqdim etildi. Shundan keyin «Markaziy» arenasida birinchi liga karvonboshisi «Sementchi»ga qarshi nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 12-daqiqasida quvasoyliklar a’zosi Abdulaziz Yusupov hisobni ochgach, mezbonlar shiddatni oshirishdi. Lekin ilk bo‘limda oliy liga vakilining hisobni tenglashtirishga bo‘lgan urinishlari zoye ketdi. Nihoyat,  75-daqiqada Oybek Rustamov quvasoyliklar darvozasini nishonga olib, durang natijani ta’minladi. Darvoqe, uchrashuvda «Qo‘qon-1912»ning sobiq a’zolari - Ma’ruf Zokirjonov va Oybek Nurboyev «Sementchi» sharafini himoya qilishdi.

«Qo‘qon-1912» (boshlang‘ich tarkib): I.Abdullayev, N.Otaqo‘ziyev, I.Rahimov, O.Rustamov, A.Mamatxo‘jayev, A.Rahmonov, M.Rahimov, I.Malikjonov, I.Oxunjonov, D.Meliqo‘ziyev, M.Sodiqjonov.

 

«Nasaf»

«Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan O‘zbekis­ton kubogi chorak finali javob uchrashuvidan keyin qarshiliklar poytaxtga yo‘l olishdi. «Lokomotiv» bilan bo‘ladigan kubok yarim finali uchrashuviga tayyorgarlik aynan Toshkent shahrida olib borilmoqda. Eslatma, «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin ertaga bo‘lib o‘tadi.

«Paxtakor»

Poytaxt klubi Turkiyadagi yig‘ini chog‘ida navbatdagi nazorat bellashuvida mag‘lubiyatga uchradi. «Sherlar» Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi bilan ilk bo‘limda tengma-teng kurash olib borishdi. Biroq tanaffusdan so‘ng saudiyaliklar 3ta to‘p kiritishdi.

«Paxtakor»: A.Lobanov, V.Kozak, M.Simich, SH.A’zamov, D.Hoshimov, A.Ahmedov, T.Bezerra, S.Nurullayev, D.Ibrohimov, G.Kanyuk, I.Sergeev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: J.Iskanderov, SH.Karimov, Z.O‘rinboyev, A.Ismatullayev, K.Tojiyev.

30 iyul kuni esa «Paxtakor» Turkiya 2-ligasi qatnashchisi - «Istanbulspor»ga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Paxtakor»: E.Suyunov, I.Yo‘ldoshev, SH.A’zamov, K.Tojiyev, H.Alijonov, A.Ismatullayev, J.YUsupov, J.Iskanderov, J.YAxshiboyev, J.Hakimov, Z.O‘rinboyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: D.Ibrohimov, B.Sodillayev, J.Ermamatov, A.Ahmedov.

Shu o‘rinda aytish joiz, «Paxtakor» mutasaddilari «Maydonga chiq» aksiyasini e’lon qilishdi. Unda 6 yoshdan 11 yoshgacha farzandi bor ota-onalar ishtirok etishlari mumkin. 22 nafar g‘olibning farzandi 12 avgust kuni o‘tkaziladigan «Paxtakor» - «Neftchi» uchrashuvida futbolchilarni maydonga boshlab tushadi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:

- info@pakhtakor.uz elektron pochtasiga «Bola futbolchini boshlab tushadi» sarlavhasi bilan xat jo‘natish.

- xatda bolaning to‘liq ism-sharifi, surati, bo‘yi, yoshi, kiyim o‘lchovi va ota-onasining telefon raqamini ko‘rsatish.

Eslatma: konkursda o‘g‘il bolalar bilan birga qizlar ham ishtirok etishlari mumkin. Maktublar 6 avgustgacha qabul qilinadi.

 

«Buxoro»

Mavsumning birinchi qismini «Dinamo» (Samarqand)da o‘tkazgan Jav­ohir Qahramonov endi «Buxoro» sharaf­ini himoya qiladi. 21 yoshli futbo­lchi huquqiy jihatdan «Bunyodkor»­ga ­tegishli. Umuman olganda, jamoani ikkinchi davraga har tomonlama puxta hozirlashni o‘ylagan Ulug‘bek Baqoyev tanaffus chog‘i tarkibni mahoratli va iqtidorli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qildi. Bosh murabbiy jamoaning birinchi davradagi ishtirokidan kelib chiqib,  himoya, yarim himoya va hujum chizig‘ida raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zi ko‘zlab yurgan futbolchilarni taklif etdi. Xullas, tarkibni  Alisher Sanayev («Bunyodkor»), Alisher Samatov («Navbahor»), Tohir Shamsiddinov («Navbahor»), Azamat Allaniyozov («Qizilqum») va Javohir Qahramonov («Dinamo») bilan to‘ldirgan Baqoyev mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlashni ko‘zlamoqda.

 

«Bunyodkor»

26 iyul kuni «Bunyodkor» stadioni matbuot anjumanlari zalida klubning 7 nafar yangi futbolchisi ommaga tanishtirildi. Marosimda «Bunyodkor» bosh direktori Murodjon Aliyev va bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hozir bo‘lishdi. «Qaldirg‘ochlar» davralar oralig‘ida himoyachilar - Anvar G‘ofurov («Obod»), Islomjon Qobilov («Metallurg»), hujumchilar - Vohid Shodiyev («Qizilqum»), Shohruz Norxonov («Obod»), yarim himoyachilar - Shohruh Gadoyev («Buxoro»), Sardor Sobirxo‘jayev («Sho‘rtan») hamda darvozabon - Suhrob Sultonov («Metallurg»)ni o‘z saflariga qo‘shib olishdi.

 

«Metallurg»

Bekobodliklar navbatdagi nazorat uchrashuvini «Istiqlol» (Tojikiston)ga qarshi o‘tkazishdi. Biroq «Metallurg»ning o‘yini bu safar uncha qovushmadi. Shuning uchundir, murabbiylar shtabi tanaffusdan so‘ng  asosiy tarkib a’zolari o‘rniga yosh, g‘ayratli futbolchilarni tushirdi. To‘g‘ri, butun o‘yin davomida hududiy ustunlik «Metallurg» tomonida bo‘ldi va hisob ham shunga yarasha 17-daqiqada ochildi: Jahongir Abdumo‘minovning ajoyib to‘p oshirishidan so‘ng Islom Isoqjonov raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi - 1:0. Shundan keyin ham bekobodliklarda bir qator imkoniyatlar tug‘ildi. Biroq ularga  yakunlovchi pallada sovuqqonlik yetishmadi. «Istiqlol» esa so‘nggi soniyalargacha kurashdan chekinmadi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda javob golini yo‘lladi - 1:1.

«Metallurg»: Z.Safayev, M.Sulaymonov, H.Hoshimov, D.Odilov, A.Husinov, A.No‘’monov, J.Abdumo‘minov, J.Esonqulov, M.Toshmatov, I.Isoqjonov, Z.Abdullayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: T.To‘ychiyev, M.Sultonov, A.Toshqo‘ziyev, D.Karimqulov, M.Qahramonov, S.Qodirqulov, A.Ziyovuddinov, X.Sattorov, J.Ahmedov.

Tabiiyki, ikkinchi davra boshlanishi arafasida «Metallurg» tarkibida ham qator o‘zgarishlar kuzatildi. Jamoa boshlig‘i Shavkat Saidov klub rasmiy saytiga bu borada alohida ma’lumot berdi: «Tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgani bor gap. Asosiy darvozabon Suhrob Sultonovga bir necha yillardan buyon o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yadigan jamoalardan takliflar tushayotgandi. Davralar oralig‘ida uni shunday klublardan biri - «Bunyodkor»ga kuzatib qo‘ydik. Sal avvalroq markaziy himoyachilarimizdan ikki nafari bilan xayrlashgandik. Bizda ijara asosida o‘ynagan Islom Qobilov transfer huquqi «Bunyodkor»ga tegishli va toshkentliklar uni ortga qaytarishni lozim topishdi. Islom kabi U-22 terma jamoasi safida Osiyo chempionati saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashgan Dostonbek Tursunov esa ikkinchi  davrani o‘z viloyati bosh jamoasi - «Neftchi»da o‘tkazishni xohladi. Farg‘ona klubi uni yarim yil muddatga ijara kelishuvi bo‘yicha oldi. Birinchi davrada deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan Vusol Mageramov «Olmaliq», Doniyor Ismoilov esa «Dinamo» (Samarqand)da aynan ijara asosida to‘p surishga ruxsat so‘rashdi. Shuningdek, Kamronbey Kapadze, Farhod Namozov, Temur Usmonov bilan do‘stona xayrlashdik. Ammo muxlislarimiz xavotirga tushmasinlar. Ayni tarkibimiz bilan ham ijobiy natijalarga erishamiz, menimcha. Qolaversa murabbiylarimiz tarkibni kuchaytirish ustida izlanishyapti. Jumladan, «Obod»dan universal himoyachi Abror Husinovni jalb etdik. Mazkur jamoaning yana bir yetakchisi sanalgan yarim himoyachi Doniyor Hasanovning transfer huquqi ham «Metallurg»ga tegishli. Ya’ni u bilan shartnoma tuzganmiz. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra, Doniyor joriy mavsumning ikkinchi yarmini «Qo‘qon-1912»da o‘tkazadi, albatta, ijara asosida. Shuningdek, «Bunyodkor» tarbiyalanuvchisi Javohir Esonqulov ham «Metallurg»ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Asli «Metallurg» tarbiyalanuvchilari - Zufarjon Akbaraliyev va Siroj Toshpo‘latov birinchi ligada mahorat oshirib, safimizga qaytishdi. Yoshlar tarkibidan ham bir qator iqtidorli o‘yinchilarni «asosiy»ga chorlash fursati yetdi, deb o‘ylayman. Ikkinchi davrada bunga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz».

«Mash’al»

Toshkent shahrida yig‘inni davom ettirayotgan Muborak klubi Tojikis­tonning «Istiqlol» jamoasi bilan kuch sinashib ko‘rdi. Birinchi bo‘lib hisobni ochgan mehmonlar himoyaga «yotib» olishdi. Ammo tarkibida bir qator yosh va tajribali futbolchilarni jamlagan «Mash’al» yakunda muvozanatni tikladi. Aniqrog‘i, 9-daqiqada urilgan golga ikkinchi bo‘lim boshida Nikita Pavlenko javob qaytardi. O‘yin «Mash’al»ning g‘alabasi bilan tugashi ham mumkin edi, biroq Sardor Rahmonov 2ta penaltidan ham foydalanolmadi.

«Mash’al»: J.Ilyosov, A.SHodmonov, S.Rahmonov, A.Agaliyev, A.Begimqulov, M.Kamolov, V.Pavlenko, SH.SHaymanov, A.Olimov, H.Murtazoyev, K.To‘rayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: R.Davronov, N.Pavlenko, Z.To‘rayev, I.Timanyuk, U.Matmusayev, I.SHoyqulov, J.Mirzaqulov, S.Meliyev, Z.Qo‘ziboyev.

Shuningdek, «gazchilar» «Andijon»ga qarshi nazorat bahsini ham o‘tkazishdi. Unda Zohir Qo‘ziboyev va Humoyun Murtazoyevning gollari evaziga «Mash’al» 2:0 hisobida ustun keldi.

«Dinamo»

Bir oylik tanaffus chog‘i Samarqand jamoasi tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Jumladan, «Dinamo» safida ijara asosida to‘p surgan Javohir Qahramonov («Bunyodkor»), Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov («Neftchi») jamoa bilan xayrlashishdi. Yarim himoyachi Omadjon Toyloqovga ham javob berildi. Ular o‘rniga yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. Xususan, «Paxtakor» klubidan chernogoriyalik himoyachi Adnan Oraxovas taklif etildi. Qolaversa, «Olmaliq» vakili Muhammad Isayev va «Metallurg» a’zosi Doniyor Ismoilov singari yarim himoyachilar ikkinchi davrada «Dinamo» sharafini himoya qilishadi - ular bilan ijara kelishuvi tuzildi. Poytaxt yig‘inida jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishgan Andrey Sidorov va Artyom Makarchenkoning harakatlari esa murabbiylarga ma’qul kelmadi.

 

«Navbahor»

Namangan jamoasi a’zolari klub bazasida to‘planishib, mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichini boshlashdi. Tarkibga «Bunyodkor»dan darvozabon Dilshod Hamroyev qo‘shilgan edi. Aynan shu sabab, Toshkent yig‘inida ko‘rikda qatnashgan boshqa posbon - Sarvar Karimov bu safar chaqirilmadi. O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2016 final bosqichi qatnashchisi Oston O‘runov ham Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari qatoridan joy oldi. 2000 yilning 19 dekabr sanasi tug‘ilgan iqtidorli yarim himoyachi «Paxtakor»dan jalb etildi. Yarim himoyachi o‘tgan yili Hindistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionati doirasidagi 4ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushganini qo‘shimcha qilish joiz. Bundan tashqari, Saidjon Abdujabborov (08.07.1992) namanganliklar safini to‘ldirishi mumkin. Ushbu futbolchi Toshkentdagi mashg‘ulotlar yakunida tarkibga qo‘shilgandi. Jamoaning Namangandagi yig‘ini 30 iyulga qadar davom etdi. Bu vaqt oralig‘ida futbolchilar birinchi liga vakili «Yozyovon Lochinlari»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Muxlislar 33-daqiqada dastlabki golga guvoh bo‘lishdi: Oybek Qilichev jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 56-daqiqada esa Nemanya Yovanovich ikkinchi golga mualliflik qildi. Uchrashuvning yakuniy qismida esa Doniyor Usmonov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, o‘tkir burchakdan aniq zarba yo‘llash asnosida «Navbahor»ning yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.

«Navbahor»: A.Omonov, A.Otaxonov, J.Mehmonov, G‘.Komilov, M.G‘ofurov, A.Maxstaliyev, D.Jabborov, A.Aliyev, A.Turg‘unboyev, O.Qilichev, N.Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: D.Hamroyev, D.Usmonov, O.O‘runov, R.Ahmedov, I.Boydedayev, R.Xursanov, S.Abdujabborov.

Darvoqe, «Navbahor» futbolchilari avvalgi hafta tibbiy ko‘rikdan ham o‘tishdi.

 

«So‘G‘diyona»

Diyor Fayziyev shogirdlari «Sho‘rtan»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Bu o‘yin Edgar Gess boshqaruvidagi G‘uzor klubining 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. Jizzaxliklarning gollariga Shohruh Dostonov va Izzatilla Abdullayev mualliflik qilishdi.

«So‘g‘diyona» (birinchi bo‘lim): 99. SH.Abdullayev, 55. S.Qahhorov, 91. J.Guseynov, 4. E.Oripov, 47. SH.Jalilov, 8. S.Qobilov, 92. U.Qodirov, 77. S.Eminov, 18. Q.Bahodirov, 15. I.Abdullayev, 11. SH.Dostonov.

Ikkinchi bo‘lim: 16. M.Abdullayev, 4. E.Oripov, 55. S.Qahhorov, 59. S.Jo‘rayev,13. R.A’zamov, 14. G‘.Umirov, 3. A.Isroilov, 10. A.Mahmudov, 7. S.Rashidov,15. I.Abdullayev,11. SH.Dostonov.

Darvoqe, shu kuni Ixtiyor Toshpo‘latov va Sardor Qulmatov kichik jarohat sabab, maydonga tusholmadilar. Aynan g‘uzorliklar bilan kechgan o‘yindan keyin «So‘g‘diyona» a’zolari 2 kunlik ta’tilga chiqishdi. 29 iyuldan esa futbolchilar jamoa qarorgohida yig‘ilishdi va chempionatga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Birinchi davra yakunida «So‘g‘diyona» darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jayev iste’foga chiqarilgan edi. Bo‘shab qolgan lavozimda Igor Mixaylov ish boshladi. U 1980 yilning 24 fevralida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Toshkent viloyatining «Do‘stlik», «Taraz» (Qozog‘iston), «Dinamo» (Samarqand), «Qizilqum» (Navoiy), «Andijon» klublari darvozasini qo‘riqlagan. Shuningdek, «Obod» klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Shu o‘rinda aytish joiz, «So‘g‘diyona» 7 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi: Muzaffar Abdullayev («Qo‘qon-1912»), Shirinboy Abdullayev («Obod»), Javlon Guseynov («Chainat Xornbill», Tailand), Sardor Qahhorov («Obod»), Sherzod Jalilov («Obod»), G‘ayrat Umirov («Obod»), Umid Qodirov («Neftchi»). 26 iyul kuni ushbu futbolchilar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida ko‘rikdan o‘tishdi. Demak, ularning «So‘g‘diyona» sharafini himoya qilishlari aniq.  So‘nggi xabarga qaraganda, yangi murabbiylar shtabi himoyachi Rustam A’zamov bilan  do‘stona xayrlashishga qaror qildi.

«Sho‘rtan»

Toshkent yig‘ini doirasida G‘uzor klubiga «So‘g‘diyona» raqiblik qildi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda «oq bo‘rilar» yangi bosh murabbiy - Edgar Gess boshqaruvida ishonchli g‘alabaga erishishdi - 4:2. Jamoa gollari Jasur Xolto‘rayev (2ta), Igor Taran va Otabek Narzullayev nomiga yozildi.

«Sho‘rtan»: A.Turobov, J.Otaqulov, R.Melzitdinov (O.Jo‘raboyev, 48), O.Narzullayev, H.Ergashev, L.Ubaydullayev (O.Karimov, 54), M.Murodov (E.Kochnev, 55), A.Omonov (M.Safarov, 65), S.Mamadaliyev, J.Xolto‘rayev (D.Xushbakov, 69), I.Taran.

Edgar Gess shogirdlari shuningdek, «Obod»ga qarshi nazorat bahsini ham o‘z foydalariga hal qilishdi - 2:1.

 

«Obod»

Birinchi davra autsayderi ayni payt nazorat uchrashuvlariga zo‘r bermoqda. «Obod» o‘rinbosarlari Toshkent shahar chempionati ishtirokchisi - «Namuna» bilan kuch sinashgan bo‘lsalar, asosiy tarkib «Sho‘rtan»ga qarshi maydonga tushdi. Yoshlar raqibni 6:0 ko‘rinishida mag‘lubiyatga uchratishdi. Bosh jamoa esa garchi o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa-da, yakunda mag‘lubiyatga uchradi - 1:2.

 

«Neftchi»

O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida «Bunyodkor»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan so‘ng farg‘onalik futbolchilarga qisqa ta’til berildi. Jamoa vakillari endi ikkinchi davraning ilk turiga tayyorgarlikni yana Qirgulida davom ettirishadi. Jamoaviy o‘yinni shakllantirishga e’tibor qaratayotgan Vadim Abramov «Sho‘rtan»ga qarshi bahsgacha bitta «o‘rtoqlik» tashkillashni rejalashtirgan. Raqib ham tayyor - birinchi liga yetakchisi Quvasoyning «Sementchi» klubi. Ushbu o‘zaro nazorat o‘yini bugun Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

«Andijon»

Birinchi liga vakili davralar oralig‘ida bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Xususan, jamoani Lochin Dolimov, Barakatillo Isroilov, Abdukarim Muhamedov, Ahror O‘ktamov, Farrux Shotursunov, Akbar Xo‘jayev, Abdurasul Komilov, Kemran Najafaliyev, Muhammadyusuf Abdumajidov, Sanjar Asqaraliyev, Mansur Maqsudov va Shahzod Karimov tark etishdi. Yangi futbolchilar safi ham ancha keng: Eldor Isaboyev, Akmal Ortiqov, Hamza Karimov, Siroj Hamroyev, Furqat Hasanboyev, Akmal Xolmatov, Rafiq Karimov, Firdavs Asadov, Ravshan Aslanov va Sobir Hamidov.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:27, 01.08.2017.
O'qildi: 8456 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.