Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Bugun futbol. O‘zbekiston kubogi, yarim final. «Lokomotiv» – «Nasaf»

Bugun futbol. O‘zbekiston kubogi, yarim final. «Lokomotiv» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Kubogi-2017 yarim finalining yana bir dastlabki uchrashuvida “Nasaf” Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent shahridagi “Lokomotiv” stadionida kech soat 19:30da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi mamlakatimizning eng tajribali hakamlari boshqarib borishadi.

O‘zbekiston Kubogi–2017. 1/2 final, dastlabki uchrashuv
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi)
02.08.2017. «Lokomotiv» stadioni, soat 19.30
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Darvoza chizig‘idagi hakamlar: Valentin Kovalenko (Toshkent), Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Zaxira hakami: Ruslan Serazitdinov (Toshkent)
Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent).

E’tibor qilgan bo‘lsangiz, bugungi uchrashuvda darvoza chizig‘idagi hakamlar ham ishlashadi.

Jamoalar bugun o‘z tarixida ikkinchi marta yarim finalda bellashadi. 2015 yilgi yarim finalda ham aynan qarshiliklar “Lokomotiv” jamoasini (2:0, 0:1) mag‘lub etib finalga yo‘l olgan.

“Nasaf” bu yili o‘z tarixida ketma-ket yettinchi bor O‘zbekiston kubogi yarim finalida ishtirok etmoqda.

Bugun o‘z o‘yinlari bilan doimo futbol ishqibozlarini e’tiborini qaratib kelayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahsga guvoh bo‘lamiz. Bu jamoalarda mamlakatimizning yetakchi futbolchilari to‘p tepishadi va ularning mahorati ham o‘yinga joziba beradi. Yarim final ikki uchrashuvdan iborat bo‘lsada, jamoalar birinchi uchrashuvdayoq o‘z imkoniyatlarini oshirib olish payida bo‘lishadi. Bu ham o‘yinni murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tishini ta’minalydi.

Xullas, bugun ajoyib futbol tomoshasi bo‘lishiga shubha yo‘q. “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol ishqibozlari, o‘z vaqtlariga afsus qilishmaydigan o‘yinga guvoh bo‘lishadi.

Shuningdek, bugungi o‘yinda o‘z seviklilarini bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlash uchun Qarshi shahridan ham ko‘p sonli, “Nasaf” PFK muxlislar klubi a’zolari ham tashrif buyurishadi.

“Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvi  “Sport” telekanali orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi. Uchrashuvni taniqli futbol sharhlovchisi - Murod Rizayev sharhlab boradi.

Qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:11, 02.08.2017.
O'qildi: 6946 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.