«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» klubiga o‘tishga yaqin.
25 yoshli braziliyalik bosh murabbiy Ernesto Valverde ruxsatiga ko‘ra, jamoaning bugungi mashg‘ulotiga kelmadi. U jamoadoshlariga «PSJ» klubiga o‘tayotganini aytdi, deb xabar bermoqda jurnalist Gilyem Balage.
Parijliklar moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun, "PSJ" klubining qatarlik xo‘jayiniga tegishli bo‘lgan fond orqali Neymarni sotib olishni mo‘ljallamoqda.