Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Aytor Karanka: «Mourinyo - g‘alaba ruhini eltuvchi kuch»

Aytor Karanka: «Mourinyo - g‘alaba ruhini eltuvchi kuch»

Baho:
+ | -

Aytor Karanka hozircha murabbiylik faoliyatining boshlang‘ich bosqichida turibdi. Ammo u «Real» va «Midlsbro» klublarida ulkan tajriba to‘plagani bilan maqtanishga haqli.

Ispaniyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida aynan yangi sohada bosib o‘tgan yo‘li haqida to‘xtaldi.

- Shaxsan o‘zingiz «Real»da Joze Mourinyo bilan ishlagan davringizga qanday baho berasiz?

- Joze kelgani bilan «Real»dagi umumiy kartina keskin o‘zgardi. Zero, u yakka hokimga aylangan «Barselona»ga raqobat taqdim etish uchun kelgandi. Xullas, oldimizda yengilmas darajaga chiqqan ushbu raqib bilan munosib kurashish vazifasi turardi. To‘g‘ri, o‘sha vaqtlar CHLda biror marta zafar qucholmadik, ammo muvaffaqiyatga har qachongidan-da yaqinlashdik. Xulosa shuki, Mou olib kelgan g‘oliblik ruhi klubning raqobatbardoshligini oshirgandi.

- Ha, qatorasiga 5 marta 1|16 finaldan «uchib ketgan» «Real» 3 bora yarim finalga chiqishni uddalagandi. Ushbu natijalarda sizning ham hissangiz bormidi?

- Bilmadim. O‘shanda murabbiylar shtabidagi har bir mutaxassis erta tongdan to qechqurun yana uyquga ketishgacha «Real» yanada yaxshiroq bo‘lishi haqida bosh qotirardi, yelib-yugurardi. Deylik, men hattoki, tushimda ham klub yumushlari bilan band bo‘lardim. Umuman, mutlaqo boshqacha davr... Mana, bugungi «Real» 4 yil ichida CHL kubogini 3 marta yutdi. O‘ylaymanki, jamoa ushbu zafarli yurishini davom ettirishga qodir.

- Zayniddin Zidan futbolchi sifatida xotirangizda qanday iz qoldirgan?

- Ko‘plab tan olingan yulduzlar bilan o‘ynaganman va bemalol ayta olaman - u eng yaxshisi edi. Hamma Zidanning o‘zgacha iqtidorga ega bo‘lganini tasdiqlaydi.

- Xo‘sh, uni o‘sha vaqt bo‘lajak bosh murabbiy o‘rnida tasavvur qila olganmidingiz?

- Mourinyo davrida Zizu asosiy jamoaga ancha yaqinlashganida ham, hech kim bu haqda o‘ylamagandi. Ehtimol, bunga xarakteri sababdir. Ammo Zidan «Real» bilan 18 oy davomida shunday yutuqlarga erishdiki, u haqda oldin qanday o‘ylaganimiz endi ahamiyatsiz. Muhimi, u oqilona rotasiya vositasida jamoani yangi g‘alabalar sari yo‘naltirdi. Albatta, Zayniddinning murabbiy rolidagi ishlari ham muvaffaqiyatli kechayotganidan xursandman.

- Qiziq, kelajakda o‘zingizni «Real» boshqaruvida ko‘ra olasizmi?

- Futbolchi sifatida doimo oldimga eng katta maqsadlarni qo‘yardim. Ammo murabbiylikda bu darajada hissiyotli bo‘lish yaramaydi. Vaqt - oliy hakam. Yuksak saviyaga chiqishim yoki erta kunda nafaqaga yo‘l olishimni aynan kelajak ko‘rsatadi.

- Sizningcha, Mourinyoning «Real»ga qaytish ehtimoli bormi?

- Bu juda murakkab masala: oradan necha yillar o‘tib ketdi... Qolaversa, Zidan hozircha hammasini a’lo darajada uddalayapti. Jozening o‘zi esa «MYU»dagi debyut mavsumidayoq 3ta sovrin sohibiga aylandi. Shunday bo‘lsada, kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

- Oxirgi savol: APLda Mourinyoga qarshi chiqish qanday bo‘ldi?

- Juda g‘alati. Bir-birimizga boqqan holda, g‘alaba qozonishni o‘yladik - eng yaxshi do‘stimiz ustidan... Har holda, ikkimiz ham mag‘lub bo‘lishni xohlamaganimiz aniq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 03.08.2017.
O'qildi: 4569 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.