«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala bilan «Barselona» qiziqmoqda.
Ammo, Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar yetakchi futbolchisini bu yil yozda sotmaslik haqida yakuniy qarorga kelgan. U bo‘yicha berilgan taklifning qancha ekanidan qat’iy nazar, argentinalik Turinni tark etmaydi.
Avvalroq, Dibalaning o‘zi kelajagi faqat «Yuventus» qaroriga bog‘liq ekani haqida aytgan edi.