JCH-2018 saralashining so‘nggi turida O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari Toshkentda to‘qnash kelishadi.
Koreya futbol assosiasiyasi terma jamoa mutasaddilari kecha poytaxtimizga tashrif buyurib, 5 sentyabr kuni bo‘ladigan o‘yin uchun mehmonxona, stadion va mashg‘ulotlar maydonini inspeksiya qilishdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 5 sentyabr kuni soat 20:00da boshlanadi.