Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Krishtianu Ronaldu maktabda 6-sinfgacha o‘qiganini tan oldi

Krishtianu Ronaldu maktabda 6-sinfgacha o‘qiganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 31 iyul kuni Ispaniya sudida ko‘rsatma berdi.

32 yoshli futbolchi soliqlar bo‘yicha hech narsani tushunmasligini, bu boradagi ishlarning barchasini maslahatchilariga topshirganini aytdi.

"2014 yilda men barcha soliqlarni to‘ladim. Men soliqlar bo‘yicha hech narsani tushunmayman. Maktabda 6-sinfgacha o‘qiganman. Men faqat futbol o‘ynashni bilaman. Shu tufayli ishlarimni maslahatchilarimga yuklaganman. Ularga yaxshi maosh to‘layman. Agar ular hamma ish joyida ekanini aytsa, ularga ishonaman. Maslahatchilarim o‘z ishini yaxshi bajarmoqda» - dedi Ronaldu Marca xabarida.

Futbolchi 85 daqiqa davomida sudya savollariga javob qaytargan. Marca nashri EFE manbasiga tayanib ushbu ko‘rsatmalardan parcha keltirdi:

"Men har doim barcha soliqlarni to‘lab kelganman, har doim – Angliyada ham, Ispaniyada ham. Men shunchaki hech narsani yashira olmayman. Bu juda kulgili chiqardi. Men xuddi ochiq kitobman. Oddiy misol, Forbes jurnali men qancha daromadga ega ekanimni juda yaxshi biladi.

– Janob sudya, men ko‘zingizga qarab turib haqiqatni gapirmoqdaman. Agar sizni aldayotgan bo‘lsam, meni yana bir marta chaqiring va jazoga torting. Men har bir mamlakatda odamlarimdan soliqlarni to‘lab borishini so‘raganman.

– Ha, men hammadan ajralib turishni istaganman, ammo bu faqat futbol maydonida, uning tashqarisida esa xuddi sizlardek bo‘lishga harakat qilaman.

– 2014 yilda daromadimdan ham ko‘proq soliq to‘lagan ekanman.

– Bilaman, juda yaxshi pul ishlab topaman, ammo hamma biladiki, moliyaviy masalalarda men to‘g‘ri ish olib borishga harakat qilaman. Shuning uchun ham hozir bu yerda nima qilayotganimni unchalik anglay olmayapman.

– Jorje Mendeshning ixtisosligi – o‘z mijozlariga yaxshi shartnoma taklif qilish. Shuning uchun ham uning ishi hammani qoniqtiradi. U soliq atamalarini yoki «Bekhem qonuni»ni tushunishi shart emas" - degan Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya prokuraturasi futbolchini 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:10, 04.08.2017.
O'qildi: 9749 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.