Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Uli Hyoness: "Asosiy vazifamiz - mamlakat chempioni bo‘lish"

Uli Hyoness: "Asosiy vazifamiz - mamlakat chempioni bo‘lish"

Baho:
+ | -

«Bavariya» Yevropaning eng muvaffaqiyatli klublaridan biridir. Albatta, bunda jamoa boshqaruvini alohida ta’kidlash lozim.

Klub rahbarlaridan biri Uli Hyoness jahon futbolida o‘z nomiga ega. Yaqinda u «Bavariya»ning rejalari haqida gapirib o‘tdi.

Xitoyda klub maktabining ochilishi haqida

- Shenchjendagi ob’ektning ochilishi meni hayron qoldirdi. Shahar meri bizni ajoyib tarzda kutib oldi. Ular «Bavariya» futbol maktabini rivojlantirish uchun 10 millionlab yevro sarflashmoqda. Endilikda klubning bu siyosati qanchalik muhimligini tushunib yetdim. Xitoydagi insonlar do‘stligimiz va hamkorligimizni rivojlantirish uchun har narsaga tayyorlar.

«Bavariya»ning Osiyo turnesi haqida

- Har doimgidek tur eng yuqori saviyada tashkillashtirildi. Bu borada yana rivojlanishni istaymiz. Biroq 12 kunda to‘rtta o‘yin o‘tkazishimiz kerakmi? Boz ustiga, ikkita mamlakatda. Bu borada hali o‘ylab ko‘ramiz.

«Milan»ga uchralgan mag‘lubiyat haqida

- Bu o‘yin borasida xavotirlanishimga hojat yo‘q. Mavsumoldi o‘yinlarda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Vaholanki, bir jamoa tayyorgarlikni endi boshlagan, boshqasi esa mavsumga deyarli tayyor. Axir «Milan» kelgusi hafta Yevropa Ligasi saralash raundidagi o‘yinlarini boshlaydi. Bundesliga boshlanishiga hali uch hafta bor. Shunday ekan, tashvishlanishga asos ko‘rmayapman.

Singapurdagi «Chelsi»ga qarshi o‘yin haqida (mazkur uchrashuv 25 iyul kuni bo‘lib o‘tdi)

- Albatta, jamoangizning 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishi yaxshi emas. Bu jamoaga qandaydir bosim tug‘diradi. Lekin «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan futbolchilarning marketing bilan bog‘liq hech qanday tadbirlari yo‘q. Shu bois ham bu safar «Milan»ga qarshi o‘yindagidan ko‘ra yaxshiroq harakat qilamiz. Lekin natija katta ahamiyat kasb etmaydi. U mavsumda jamoaga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Klubdagi sport direktori lavozimi haqida

- Keyingi olti hafta davomida bu masalaga oydinlik kiritamiz. Boshqaruv raisi Karl-Xayns Rummenigge bilan mazkur mavzuda doimiy gaplashib turibmiz (o‘tgan yilning iyul oyida Matias Zammer «Bavariya» sport direktorligini tark etgandi. Yaqinda Filipp Lam mazkur lavozimda ishlashga rad javobini berdi).

Tomas Myullerning osiyolik muxlislar orasidagi mashhurligi haqida

- Bu biz uchun kutilmagan bo‘lmadi. Tomas haqiqatan ham yorqin shaxs. Shuningdek, «Bavariya» hamda Germaniya terma jamoasida erta muvaffaqiyat qozondi. Myuller klubimizni ajoyib tarzda namo­yish qilmoqda.

Korenten Tolisso haqida

- Dastlabki taassurotlarim faqat ijobiy. Futbolchi ajoyib xarakterga ega. Ko‘rsatmalarga e’tibor beradi, vijdonan himoyada harakat qilmoqda. Aynan shunday futbolchilar bilan jamoani shakllantirish kerak. Lekin, albatta, bu dastlabki taassurotlar.

Xames Rodriges haqida

- U kamtar, yaxshi muloqotga kirishadigan yigit va kuchli futbolchi. Yaqinda uning «Bavariya» futboliga nima olib kelishiga guvoh bo‘lamiz.

Germaniya chempionatidagi raqobatchilar haqida

- «RB Leypsig» yana bir muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazishi mumkin. Lekin albatta, asosiy raqobatchimiz - Dortmundning «Borussiya»si.

2017|2018 yillar mavsumidagi maqsadlar haqida

- Asosiy vazifamiz - mamlakat chempioni bo‘lish. Boshqa frontlarda ham natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Albatta, Germaniya kubogi va Chempionlar Ligasida ham zafar quchishni istaymiz. Eng muhimi, biz hozir jamoani shakllantirishimiz kerak. Sovrinlarni yutish bilan birga kadrlar almashuvini amalga oshirish - bu katta san’at.

Filipp Lamning Germaniyada yil o‘yinchisi bo‘lgani haqida

- Afsuski, u bu nomga endi sazovor bo‘ldi. Albatta, Filipp ushbu sovrinni bir necha yillar oldin ham qo‘lga kiritishi mumkin edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 06.08.2017.
O'qildi: 3340 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.