Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Andijon” yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi

“Andijon” yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi

Baho:
+ | -

Dushanba, 7 avgust kuni “Andijon” jamoasi davralar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarini keng ommaga tanishtirdi.

Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” davralar oralig‘ida 10 nafar yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Bu yil o‘z oldiga elitaga qaytishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo‘ygan andijonliklar shunga monand oliy liga havosidan bahramand bo‘lgan tajribali o‘yinchilarni jamoaga taklif etdi. Bugun ular keng ommaga rasman “Andijon” a’zosi deya tanishtirib o‘tildi.
Andijon shahridagi “Viloyat kasaba uyushmasi”ning majlislar zalida o‘tgan tadbirga ommaviy axborot vositalaridan tashqari jamoaning bir qator ashaddiy ishqibozlari ham tashrif buyurdi. Dastlab taqdimot marosimida so‘z, “Viloyat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi”raisi Ozodbek Saidovga berildi.

"Davralar oralig‘ida “Andijon” jamoamizni o‘yinini yanada kuchaytirish va natijalarini yaxshilab, oliy ligaga chiqish maqsadida tarkibda e’tiborga molik o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Bosh murabbiy Usmon Toshev va rahbariyat birgalikda jamoa safiga malakali va shu bilan birga kelajagi porloq deya e’tirof etilayotgan futbolchilarni taklif etdi. Ikkinchi davrada endi hamma o‘yinda ijobiy natija kutib qolamiz. Maqsad bitta – oliy ligaga chiqish. Umid qilamizki, bu yo‘lda bosh murabbiy bor mahoratini ishga soladi va futbolchilar ham ko‘ngildagidek o‘yin namoyish etib, o‘zlariga bildrilgan ishonchni oqlaydi" – dedi Ozodbek Mahamadjonovich.

Shuningdek tadbir davomida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ham fikrlarini bildirib o‘tib, asosiy e’tiborni oliy ligaga chiqishga qaratilishini bildirdi. Bu yo‘lda barcha bir bo‘lib, jisplashishi muhimligini ham alohida ta’kidladi.

Muxlislar ham so‘z olib ikkinchi davra oldidan jamoaga omad va zafarlar yor bo‘lishini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan ayrim savollar bilan murojaat qildi.
Tadbir so‘nggida odatga ko‘ra, yangi futbolchilarning qaysi raqamli libosda xarakat qilishi e’lon qilinib, estalik uchun sur’atga tushildi.

№ Ismi familiyasi Raqami
1. Eldor Isaboyev – 1
2. Akmal Ortiqov – 87
3. Akmal Xolmatov - 8
4. Sobir Hamidov – 11
5. Hamza Karimov – 14
6. Ravshan Aslanov – 15
7. Furqat Hasanboyev - 23
8. Rafik Karimov - 24
9. Siroj Hamroyev - 27
10. Firdavs Asadov – 77.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 00:25, 08.08.2017.
O'qildi: 5170 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.