Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Zidan: "Krishtianu Ronaldu xuddi YECHL finalidagidek yuqori formada"

Zidan: "Krishtianu Ronaldu xuddi YECHL finalidagidek yuqori formada"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Biz yaxshi holatdamiz va mavsumga tayyormiz. Bu bizning ilk rasmiy o‘yinimiz va biz bu o‘yinda yaxshi natija qayd etishni istaymiz. Jismoniy tarafdan yaxshi xolatdamiz va shu bilan birga yetarlicha dam oldik.

4ta yarimhimoyachi bilan harakat qilamanmi? Keling yaxshisi o‘yinni o‘zgartirmaylik. Bizda futbolchilar ko‘p, ular har qanday pozisiyada to‘p sura oladi, ertaga esa kimlar maydonga tushishi guvohi bo‘lasiz.

Krishtianu Ronaldu? U menda juda yaxshi taassurot uyg‘otmoqda – u xuddi CHL finalidagidek juda yuqori formada. U ertaga maydonga tushishga tayyor. Biroq o‘ynaydimi yoki yo‘q, buni ertaga ko‘ramiz. Murabbiy sifatida men futbolchilarimning imkoniyatiga keraklicha baxo berishim kerak. Ronaldu hozirda yaxshi jismoniy xolatda, uning o‘zi ham Superkubokda maydonga tushish istagida.

Men "Real Madrid"da 16 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Bu klubda hamma o‘z joyini yaxshi biladi va g‘alabalarga qayta erishish uchun ishtiyoqiga to‘la. Biz Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘alaba qozonishni istaymiz, biroq oson bo‘lmasligi aniq. Shunga qaramasdan bizning maqsadimiz o‘zgarmaydi. Biz ketma ket ikki marta bu musobaqada g‘olib chiqdik. Endi uchinchi bor bu ishni bajarmoqchimiz.

Beyl? Futbolchida hammasi joyida. U deyarli 4 oy futbol o‘ynamadi va hozirda men unda muammo ko‘rmayapman. Meni qiziqtirayotgani ertaga u nima qilishi. Mourinyo o‘z jamoasini kuchaytirish haqida o‘ylaydi, men ham o‘z jamoamni. Uchrashuv oldidan biroz benzin sepilishi mumkin, lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Biz barchamiz bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz. Beyl "Real Madrid" futbolchisi, meni esa ertanggi o‘yin qiziqtiradi.

Ob-havo? Farqi yo‘q. Ular ham Amerikada tayyorgarlik ko‘rishdi, biz ham. Madridda ham shunday issiq ob-havo hukm suradi. Bu futbol, biz hech narsani o‘zgartira olmaymiz" - dedi Zidan.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:51, 08.08.2017.
O'qildi: 7213 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.