Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Saloh: «U klubni tark etganida yig‘laganman»

Saloh: «U klubni tark etganida yig‘laganman»

Baho:
+ | -1

Angliyaning «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh jamoadoshlaridan kimning ketishi uni eng ko‘p xafa qilgani haqida so‘zlab berdi. Salohning o‘zi ham shu yozda erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tadi.

Misrlik futbolchi Sky Sports efirida hozirgi va sobiq jamoadoshlarining videomurojaatlarini tomosha qildi. Trent Aleksander-Arnold o‘z tilaklarini bildirganida, «qizillar» vingeri shunday dedi:

«U klubdan ketganida yig‘lashimga sabab bo‘lgan yagona insondir. Men uning onasi bilan birga yig‘laganman. Men, u va onasi — hammamiz yig‘lagandik».

Hozirda Aleksander-Arnold Madridning «Real» klubida to‘p tepmoqda. Uning transferi bilan bog‘liq vaziyat «Liverpul» muxlislari o‘rtasida futbolchining obro‘siga biroz putur yetkazgan bo‘lsa-da, jamoadoshlari uni hamon katta hurmat bilan eslashadi.

Kiritildi: 17:34, 03.05.2026.
O'qildi: 7062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик