Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

UYEFA superkubogi. «Real» mavsumdagi ilk sovringa ega bo‘ldi

UYEFA superkubogi. «Real» mavsumdagi ilk sovringa ega bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlari ligasi g‘olibi "Real" UYEFA superkubogini qo‘lga kiritdi. Zidan shogirdlari sovrin uchun bahsda Mourinyo boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

"Madrid" bu o‘yinda o‘zi yaratgan vaziyatlardan samarali foydalandi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Karvaxal jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Kazemiro himoyachilardan qochib ketib, to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida ispaniyaliklar hisobdagi farqni oshirishdi. Isko raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida Beyl bilan "devor" o‘ynadi hamda yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib "MYU" hisobni qisqartirishi kerak edi. Qanotdan yetkazilgan uzatmagan Pogba bosh bilan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. Lukaku esa 10 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. Shunga qaramay, Lukaku o‘z xatosini to‘g‘riladi. Bahsning 62-daqiqasida Matich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi, ammo Romelu to‘pni egallab, darvozani ishg‘ol qildi.

Mourinyo jamoasi hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Mxitaryanning ajoyib uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p Navasning qo‘llari uchiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi.

Shu tariqa, "Real" yangi mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi. Zidan jamoasi o‘tgan mavsum avvalida ham ushbu sovringa ega chiqqanini ta’kidlash lozim.

UYEFA superkubogi
"REAL MADRID" - "MANCHESTER YUNAYTED" 2:1 (1:0)
8 avgust, 23.45, «Filipp II»
Gollar: 1:0 – 24 Kazemiro, 2:0 – 52 Isko, 2:1 – 62 Lukaku.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 74), Modrich, Beyl (Asensio, 74), Benzema (Ronaldu, 83).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Darmian, Valensiya, Errera (Fellayni, 56), Matich, Mxitaryan, Pogba, Lingard (Reshford, 46), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lingard (42), Karvaxal (84), Ramos (86), Reshford (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:42, 09.08.2017.
O'qildi: 12064 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.