Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ikki nafar futbolchisini ijaraga berib yubordi.
Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Salamat Qutiboyev ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun mavsum so‘ngiga qadar “Buxoro” jamoasiga ijaraga berildi.
Shuningdek, yosh iste’dod egasi Bobir Yo‘ldoshev ham mavsum so‘ngiga qadar Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi safida ijara asosida harakat qiladigan bo‘ldi.