Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

O‘zbekiston harbiylari xalqaro armiya o‘yinlaridan sovrinlar bilan qaytishdi

O‘zbekiston harbiylari xalqaro armiya o‘yinlaridan sovrinlar bilan qaytishdi

Baho:
+ | -

Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida uchinchi xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

“ARMI – 2017” doirasida o‘tkazilayotgan 29 ta tanlovning 8 tasida ya’ni Rossiya Federasiyasi hududida kechgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari”, “Elbrus halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Xavfsiz marshrut”, “Yo‘l patruli”, Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Merganlik marrasi”, Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon” tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat 8 ta jamoa ilk bor ishtirok etishdi. 15 tasida esa, ya’ni “Tank biatloni”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Dala oshxonasi”, “Osmon kaliti”, “Avtobronetank texnikasi ustasi”, “Harbiy ralli”, “Muhandislik formulasi”, “Rembat”, “Hamdo‘stlik jangchisi”, “Artilleriya ustasi”, “UUA (uchuvchisiz uchish apparatlari) ekipajlari musobaqasi”, “Suvorov shiddati”, “Xavfsiz muhit”, “Desantchilar vzvodi”, “Aviadarts” kabi musobaqalarda Vatanimiz himoyachilari kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

Rossiya Federasiyasining Tyumen viloyatidagi dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan “Xavfsiz marshrut” musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakchiligidagi harbiy xizmatchilar jamoasi mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Shu o‘rinda katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar – V. Jumaqulov, SH. Davronov, kichik serjantlar – D. Bekmatov, T. Haydarov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar – U. Musayev, E. Hasanovning uyushqoqlikda harakat qilganlarini alohida ta’kidlash lozim. Musobaqada vakillarimiz faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytishdi.

Harbiy muhandislar tanlovning muhandislik-razvedka dozorining suvli to‘siqlarni razvedka qilishdagi harakatlanishi, piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va zararsizlantirish, mexanizasiyalashtirilgan ko‘prik majmuasini yig‘ish, yo‘l o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mashina bilan zararlangan yo‘lni tiklash hamda muhandislik mashinasi bilan yo‘l o‘tkazish kabi shartlarda bellashib, sovrinli o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

10 avgust erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida «Xavfsiz marshrut» tanlovi sovrindorlarini kutib olish tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

Ishtirokchilar yurtimiz sharafini xalqaro arenada munosib himoya qila olgan harbiylarimizni qizg‘in qutlashdi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 20:27, 10.08.2017.
O'qildi: 4388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.