Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/10 15:00 Ulsan Xyonde 0-2 Vissel Kobe
23/10 15:00 Sanfrechche Xirosima 2-1 Sidney
23/10 17:00 Shanghai Shenhua 2-0 Kavasaki Frontale
23/10 17:00 Muangtong Yunayted 2-2 Sebu
23/10 17:00 Selangor 2-1 Chonbuk Motors
23/10 19:00 Ravshan 1-3 Traktor
23/10 21:00 Al-Hussayn 2-1 Nasaf
23/10 21:00 Shabab al-Ahli 4-1 Kuvayt SK
23/10 21:45 Atalanta 0-0 Seltik
23/10 21:45 Brest 1-1 Bayer
23/10 23:00 Al-Quva al-Javiya 1-2 Xolidiya
23/10 23:00 At-Ta'vun 2-1 Oltin Asr
23/10 23:59 Atletiko 1-3 Lill
23/10 23:59 Yang Boyz 0-1 Inter
23/10 23:59 Barselona 4-1 Bavariya
23/10 23:59 Manchester Siti 5-0 Sparta
23/10 23:59 RB Leypsig 0-1 Liverpul
23/10 23:59 Zalsburg 0-2 Dinamo Zagreb
23/10 23:59 Benfika 1-3 Feyenoord
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya
26/10 00:00 Lester - Nottingem Forest

Leandro Lima: «Korintians»ni «Barselona» bilan tenglashtirib bo‘lmaydi»

Leandro Lima: «Korintians»ni «Barselona» bilan tenglashtirib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Braziliyalik Leandro Lima «Axmat» (sobiq «Terek») dagi dastlabki o‘yinidayoq grozniyliklarga g‘alaba keltirdi. O‘sha uchrashuvda «Amkar» 1:0 hisobida mag‘lub etildi.

Umuman olganda, «Axmat»ni foydali xarid bilan tabriklasa bo‘ladi. Leo Rossiyada o‘ynagan boshqa braziliyalik - Joga o‘xshaydi. Ularning ikkisi ham faoliyatini «Korintians»da boshlab, 16 yoshda klubning asosiy tarkibida debyut qilishgan.

Shuningdek, bu futbolchilar boshqa qit’adagi faoliyatlarini Rossiyadan boshlashgan. Bir yil oldin Leonardo Braziliyaning eng iqtidorli hujumchilari qatoridan joy olgandi. Endilikda Yevropaning grand klublari e’tiborini tortish qoldi, xolos.

- Golingizni Vagner Lav usulida nishonladingiz...

- Uning fanati emasman. Umuman olganda, «Korintians»ning yoshlar jamoalarida o‘ynab yurgan kezlarimdan buyon gollarimni ayni tarzda nishonlayman. Paolo Gerrero ham shunday qilardi. Ko‘pchilik unga o‘xshashimni aytadi.

- Oleg Kononov bilan ishlash qanday bo‘lyapti? U braziliyalik mutaxassislardan farq qiladimi?

- Bu yerda Braziliyadagidan bosh­qacha futbol o‘ynashlariga guvoh bo‘ldim. Masalan, uch markaziy himoyachi bilan to‘p suramiz. Murabbiyimiz chiroyli, hujumkor futbol namoyish qilishimizni so‘raydi. Kononovning Yevropaga, «Barselona»ga boqayotgani bilinib turibdi. U - katta professional. Kononov bilan birga ishlayotganimdan xursandman.

- Faoliyatingizni qanday boshlagansiz?

- To‘rt yoshimdan buyon to‘pdan ajramaganman. O‘shanda futbol maktabiga qabul qilishgan. 10-11 yoshlarimda «San-Paulu» akademiyasiga o‘tganman. U yerda ikki yil o‘ynadim. O‘zimizni ko‘rsatishimiz uchun bir haftada ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushishga to‘g‘ri kelardi. Bir kuni do‘stimning otasi meni «Korintians»ga tavsiya qilgan. Shu tariqa Braziliyaning eng mashhur klublaridan birida paydo bo‘lganman. O‘shandan buyon Braziliyaning turli yoshdagi termalarida o‘ynab kelaman. 16ga to‘lganimda «Korintians»ning asosiy tarkibida deb­yut qildim. U yerda ko‘p narsani o‘rgandim. Shu bois ham klubni ikkinchi uyim deb hisoblayman.

- Aytishlaricha, futbolga qiziqishingiz onangizga yoqmas ekan. U maktabni tashlab qo‘yishingizdan cho‘chigan ekan.

- Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bolaligimdan nimanidir tepib yurardim. Nimani ko‘rsam, o‘shani to‘pga aylantirardim. Onam oshiqcha ish qilmaslik uchun maktabga bergan (kuladi). Ota-onam meni hamisha qo‘llab-quvvatlashgan. Lekin «San-Paulu» akademiyasiga kirgunimcha maktabni tashlab qo‘yganimdan norozi bo‘lishgan. «Korintians»ga borganimdan keyin esa mashg‘ulotlar va maktabni bemalol birga olib borganman.

- Demak, maktabni yakunlagansiz?

- Ha. Bu borada onam meni nazorat qilgan, yaxshi o‘qishga intilganman. Agar maktabga bormasam, futbol ham o‘ynamasdim.

- Kuningiz qanday o‘tardi?

- Juda charchardim. O‘n yoshimdan ertalab soat 5da turishga to‘g‘ri kelgan. Uyga esa kechki 11da qaytardim. «Korintians»ga o‘tganimdan keyin vaziyat biroz yengillashdi. Klub bazasi uyimizga yaqin edi. Lekin baribir, ko‘p vaqtim ota-onamsiz o‘tardi. Og‘ir bo‘lgan. Lekin ayni payt orzum ushaldi. Bolaligimda Braziliyadan tashqarida o‘ynashni niyat qilardim.

- SSKAning sobiq hujumchisi Jo singari «Korintians»ning eng yosh uch nafar debyutantidan birisiz. Dast­labki o‘yiningizni eslaysizmi?

- Bu o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Asosiy jamoaga meni Tite chaqirgan. O‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganida maydonga tushganman. Yomon o‘ynamaganman, har holda muxlislarga ma’­qul kelgan. Birinchi o‘rinda «Korintians» tarixiga kirganimdan quvonganman.

- «Korintians»da Jo bilan do‘st­lashib olganmidingiz?

- Munosabatlarimiz yaxshi edi. Jodan Rossiya haqida so‘raganimda, bu yerning sovuqligini aytdi. Lekin ruslar o‘lkasida o‘ynash muhim qadamligi va bu yer menga yoqib qolishini ta’kidladi. Jo - juda kamtar yigit. U mashhur futbolchi bo‘lishiga qaramay, o‘zini ko‘z-ko‘z qilmaydi. Unga o‘xshashni istayman.

- Vagner-chi? Uning fanati emasman, dedingiz. «Korintians»da bu hujumchi bilan muloqot qilganmisiz?

- Birga mashg‘ulot o‘taganmiz, xolos. Shu bois ham u haqda biror nima deya olmayman.

- Kim zo‘r, Vagnermi yoki Jo?

- Ular turlicha, ammo ikkisi ham hujumchi. Braziliya futbolida iz qoldirishgan.

- «Korintians»ning deyarli «tiki-taka» o‘ynagani to‘g‘rimi?

- Yo‘q. «Barselona» bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Umuman olganda, Braziliyada taktik sxemalar boshqacha. Lekin «Korintians»ning mamlakatda eng chiroyli futbol namoyish qilgani rost.

- «Jaba» laqabini qayerdan olgansiz?

- Uni otamning do‘sti qo‘ygan. «San-Paulu»daligimda mening yoshimdagi bolalar nimjon edilar. Men esa kuchliroq va chaqqonroq bo‘lganman. Otam mamlakat shimoli Bayyadan. O‘sha do‘stlari «O‘g‘lingni faqat quritilgan go‘sht bilan boqasanmi?», deyishgan. Shunday go‘shtni «jaba» deyishadi. Oxir-oqibat ayni laqabni olganman.

- JCH-2018da Braziliya termasi safida o‘ynash - amalga oshmaydigan orzumi?

- Menimcha, shunday. Milliy jamoa­mizning ayni paytdagi tarkibi yaxshi. Balki 2022 yili bo‘lib o‘tadigan mundialda o‘ynarman?!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:37, 11.08.2017.
O'qildi: 3558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.