Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

UFC. Xabib Nurmagomedov Dana Uaytga javob qaytardi

UFC. Xabib Nurmagomedov Dana Uaytga javob qaytardi

Baho:
+ | -1

UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov promoushen prezidenti Dana Uaytning uning hozirgi vazni va oktagonga qaytishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Dana Uayt Xabibning qaytish ehtimolini inkor etib, shunday degan edi:

«O‘ylashimcha, biz hozir uni ortga qaytara olmaymiz. Buning ustiga, uning vazni hozir 100 kilogramm yoki undan ham ko‘proq chiqsa kerak. U yaxshi hayot kechirmoqda, qaytadan jang qilishni xohlaydi deb o‘ylamayman».

Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bunga qisqa qilib javob qaytardi:

«Men 93 kilogrammman, Dana», — deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov MMAda 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (29-0). U 2020 yilda yengil vazn toifasida UFC chempioni maqomida faoliyatini yakunlagan edi.

Kiritildi: 18:43, 16.08.2026.
O'qildi: 3528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик