"Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunyes "Al-Diriya" klubiga o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klublar urugvaylik futbolchini 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. "Al-Diriya" Nunyesning maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi, biroq shartnomada futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.
Nunyesning yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ham rejalashtirib qo‘yilgan.
Avvalroq hujumchining "Trabzonspor"ga o‘tishga yaqin turgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.













