Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Liverpul» klubining eng iqtidorli yoshlari (top-8)

«Liverpul» klubining eng iqtidorli yoshlari (top-8)

Baho:
+ | -

Hech kimga sir emaski, nomdor klublar yozgi transferlar mavsumida tarkiblarini kuchaytirish bilan birga iqtidorli yoshlarni ham o‘z tarkiblariga jalb qilishga urinib ko‘rishadi.

Jumladan, «Liverpul» ham. Ammo bu jamoadagi iqtidorli yoshlar e’tiborsiz qoladi, degani emas. O‘tgan mavsum «qizillar» safida ham bir qancha yuksak iste’dodlar borligini ko‘rdik.

Bosh murabbiy Yurgen Klopp ularning bir qanchasiga turli musobaqalar davomida imkoniyat berib bordi. Ammo undan kim unumliroq foydalana oldi? Qaysi futbolchilar asosiy jamoaga yordam bera olish salohiyatiga ega bo‘lib ulgurishdi?

Yoki transfer orqali «Liverpul»ga sezilarli daromad keltira oladigan yosh iqtidorlar bormi? Quyidagi maqola aynan shu savollarga javob topib berishi ko‘zda tutilgan.

8. Konnor Rendall

Rendallni esladingizmi? Bu futbolchi «Vulverxempton»ga qarshi kubok doirasidagi bahsda maydonda 45 daqiqa harakat qilgandi. Agar Transfermarkt`ga ishonsak, uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan. Hozirda Konnor uchun ideal variant ijara asosida boshqa jamoaga yo‘l olish. Agar Klopp unga ishonch bildirishini istasa, yangi mavsumda Rendall Nataniyel Klaynni raqobatda yengishi kerak.

Ammo ushbu pozisiyaga yana bir nomzod bor - Trent Aleksander-Arnold. Lekin bu futbolchida barqarorlik borasida muammolar mavjud. Shuning uchun u kuchli raqobat tug‘dira olmasligi mumkin.

Rendallni hozirda jamoaga katta yordam bera oladi, deyish qiyin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, uning uchun eng yaxshi variant ijara asosida boshqa jamoaga o‘tib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish.

7. Sheyi Ojo

Ojo o‘tgan mavsum asosiy jamoa safida 104 daqiqa o‘yin o‘tkazgan va buning barchasi «Plimut»ga qarshi Angliya kubogi bahsidagi uchrashuvga to‘g‘ri kelgandi. Futbolchi noyabr oyida belidan og‘ir jarohat olgandi. Bu jarohatini tuzatib qaytdi, ammo premyer-liga doirasidagi bahslarda ishtirok etgani yo‘q. Shunga qaramasdan, u 2015|2016 yillar mavsumidagi sakkizta o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Mavsum yakunlanganidan so‘ng esa futbolchi Angliya yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylandi. Ojo mazkur turnirda eng faol o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi. Muhammad Salohning «Liverpul» safiga qo‘shilishi Ojoga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki ular harakatlanadigan pozisiya deyarli bir xil.

6. Xarri Uilson

Xarri o‘tgan mavsum «Liverpul»ning 23 yoshgacha bo‘lgan jamoasiga sardorlik qildi. Ajoyib samaradorlik ko‘rsatgan futbolchi o‘z nomiga 28ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Deyarli har bir o‘yinda to‘liq ishtirok etgan vinger mashg‘ulotlarni ko‘proq asosiy tarkib futbolchilari bilan o‘tkazardi. «U chap qanotda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatadi.

Barcha Ben Vudbyorn, Trent va Ovi kabi yoshlar haqida gapirib, Xarri soyada qolmoqda. Ammo u kelajakda ajoyib futbolchi bo‘lib yetishadi», - degandi Adam Lallana bu jamoadoshi haqida.

Uelslik «Liverpul» asosiy tarkibida maydonga tushmagan bo‘lsada, 2013 yili Belgiyaga qarshi o‘yinda terma jamoa safida debyutini o‘tkazgan. O‘sha payt Xarri 16 yoshu 208 kunlik edi.

Hozir Uilson 20 yoshda va unga turli klublar qiziqish bildirishni boshlashdi. Xabarlarga ko‘ra, may oyida «Seltik» jamoa­sidan kelib tushgan taklifni rad etib ham ulgurishdi. «U yuqori darajaga yetishi uchun o‘z ustida ko‘proq ishlashi kerak. Shu ketishda Xarri yangi bosqichga chiqishi mumkin va asosiy jamoa o‘yinlarida ham sekin-asta qatnashishni boshlaydi», - deydi «Liverpul» U-23 ustozi Mayk Garriti.

5. Ovi Ejaria

Ejaria Angliya yoshlar terma jamoasining jahon chempioni bo‘lishiga eng katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri. Albatta, Ojo bilan birga. Umuman, butun mavsum uning uchun juda yaxshi o‘tdi. Angliya liga kubogi bahslarida uch marta ishtirok etdi. Premyer-liga doirasidagi bahslarda esa ikki marta zaxiradan maydonga tushdi.

Albatta, bu aksariyat yoshlar havas qiladigan natija. Klopp Ejariani Ispaniyadagi yig‘in davomida asosiy jamoa bilan olib ketib, kattalar orasidagi harakatini munosib baholagandi.

Aytib o‘tish kerakki, bu futbolchi «Arsenal» klubi va muxlislari uchun yo‘qotish bo‘lgan. Chunki Ovi futbol sir-asrorlarini o‘rganishni aynan shu jamoada boshlagan va 2014 yili «Liverpul»ga yo‘l olgandi.

Hozirda 19 yoshni qarshilagan futbolchi yarim himoya chizig‘ida juda kuchli o‘yin namoyish etadi. Uning harakatlaridan yangi mavsumda ko‘plab muxlislar bahramand bo‘lishlari mumkin.

4. Jo Gomes

Gomes «Liverpul»dagi ikki mavsumni shifoxonada o‘tkazgandi. Ammo jamoa unga ishonch bildirdi va futbolchi bu ishonchni oqlamoqda. Balki «Liverpul» muxlislari mamnundirlar, ammo so‘nggi paytlarda Joning jamoadan ketishi haqida juda ko‘p gapirishmoqda. Iqtidorli himoyachiga asosiy da’vogarlar qatorida «Brayton» va «Seltik» klublari bor.

Futbolchi oxirgi marta noyabr oyida katta futbolda maydonga tushgan bo‘lsada, yuqorida nomi keltirilgan jamoalar uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Agarda Jo jarohat olmaganida, hozirga kelib ancha taniqli futbolchiga aylanishi mumkin edi. Ammo nachora, bu ham futbolning bir qismi. O‘tgan mavsum u Angliya kubogi doirasida uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mana shu o‘yinlar ko‘rsatdiki, «Liverpul» uning o‘rniga boshqa nomzod qidirishi kerak. Chunki futbolchining hozirgi salohiyati asosiy tarkib uchun yetarli emasdek. Dastlab Gomes jarohat tufayli o‘sha paytdagi salohiyatini yo‘qotgandek tuyulgandi. Lekin iqtidorli futbolchi safga qaytgandan keyin barqarorlik namoyish etmoqda.

3. Marko Gruyich

Zaxira o‘rindig‘i va shifoxona - Gruyich debyut mavsumining asosiy qismini shu ikki joyda o‘tkazgan. Serbiyalik futbolchi «Liverpul»ga 2016 yilning yanvar oyida kelajagi porloq, iqtidorli futbolchi maqomida kelgandi.

Ammo ko‘p o‘tmay, ijara asosida «Srvena Zvezda» tarkibiga borib qo‘shildi. U Angliyaga kelgandan buyon hali muxlislarni xursand qila olganicha yo‘q. APL doirasidagi «Byornli» va «Xall Siti»ga qarshi bahslarda murabbiy uni maydonga tushirishga qaror qildi.

Shubhasiz, Marko asosiy tarkib futbolchisi edi, shunday emasmi? Jismoniy tayyorgarligi bunga to‘liq imkon berardi. Shunga qaramay, mazkur o‘yinlarda Gruyich darhol zaxiraga olindi va bora-bora asosiy jamoada yo‘qolib qoldi. Ma’lum muddat o‘tgach esa jarohat olib, uch oy davomida futbol o‘ynay olmadi.

21 yoshli futbolchi 2017 yili asosiy jamoa safida 10 daqiqa harakat qildi. Shunday ekan, endi undan nima kutishyapti? Agar Markoning vakili Zoran Stoya­dinovichning gaplariga e’tibor qaratsak, Klopp futbolchiga to‘liq ishonadi: «Klopp Gruyich asosiy tarkibning bir bo‘lagiga aylana olishini aytmoqda». Marko o‘ziga berilgan har bir daqiqadan iloji boricha unumli foydalanishi kerak, chunki agar yana bir shunday omadsiz mavsumni o‘tkazsa, uning uchun jamoadagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

2. Ben Vudbyorn

Ben Vudbyorn Angliya liga kubogi chorak finalida «Lids» darvozasiga urgan goli orqali tezda tanildi. O‘shanda 17 yoshu 45 kunlik bo‘lgan futbolchi klub tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Oldingi rekord esa Maykl Ouenga tegishli edi. Vudbyorn bu golidan bir necha kun oldin APLdagi debyutini nishonlagandi. Aprel oyida esa birinchi marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. U faqatgina 45 daqiqa o‘ynadi, xolos, lekin shu vaqt mobaynida Klopp­da iliq taassurot qoldirdi.

Xuddi jamoa afsonasi Robbi Fauler singari. «Yigitcha yaxshi harakat qildi. Ben to‘g‘ri yo‘nalishda o‘sib bormoqda. Keyingi ikki mavsumda u bizning diqqat markazimizda turadi», - dedi germaniyalik mutaxassis.

Qoyilmaqom debyut yorqin kelajakdan darak beradi. Ammo Vudbyorn bu yog‘iga ishonchni yo‘qotmagan holda berilgan kichik imkoniyatlardan unumli foydalana olsa, bas. Har holda, u hali yosh va barchasi oldinda.

1. Trent Aleksander-Arnold

Jamoa ichiga birdan kirib borgan futbolchilar haqida gap ketganda, birinchi navbatda, Trent Aleksander-Arnoldga to‘xtalishimiz kerak. Bu himoyachi birdan paydo bo‘lib, premyer-liga, Angliya kubogi va liga kubogi uchrashuvlarida maydonga tusha boshladi hamda Klaynni zaxira o‘rindig‘iga «mixlab» qo‘ydi.

Trent shuningdek, yarim himoyada ham birdek samarali o‘ynay oladi. Buni yanvar oyidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda isbotlagandi. Shubhasiz, o‘tgan mavsum «Liverpul» yoshlarining hech qaysisi  u kabi muvaffaqiyatli to‘p surolmagandi.

«O‘tgan mavsum 23 yoshgacha bo‘lgan jamoa tarkibida faqat bitta o‘yin o‘tkazdim. Asosan U-18 jamoasida o‘ynadim. Kattalar orasida hatto mashg‘ulot o‘tkazishimni ham taqiqlab qo‘yishgan.

Mavsumoldi tayyorgarliklar jarayonida bor kuchim bilan ishlayapman. Maqsadim - yangi mavsumni 23 yoshgacha bo‘lgan jamoada o‘tkazib, shu yo‘l orqali asosiy tarkibga kirib borish», - dedi Trent intervyularining birida. Aleksander-Arnold mazkur ro‘yxatdagi eng kuchli va iqtidorli futbolchi, ammo asosiy jamoa safida o‘ynash uchun buning o‘zi kamlik qiladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 12.08.2017.
O'qildi: 5399 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.