Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

OCH yo‘llanmasi hurmati yoki Haydarov va Siddiqov oy laureati

OCH yo‘llanmasi hurmati yoki Haydarov va Siddiqov oy laureati

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda yoz chillasi o‘z jaziramasini atrofga yoygan bir pallada BAAda 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat termalar Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-22 termamiz ham qatnashib, asosiy vazifani uddalashdi - qit’a birinchiligidagi ishtirok naqd qilindi.

Shuningdek, iyul boshida oliy liga 3-turining bitta qoldirilgan o‘yini ham o‘tkazilib, unda «Bunyodkor» va «Nasaf» to‘qnash kelishdi. O‘z navbatida, ikkinchi davra tayyorgarligini boshqalardan ertaroq yakunlagan klublar O‘zbekiston kubogi bahslarida maydonga tushishdi. Biz oy laureatlarini aniqlash chog‘ida mazkur uchrashuvlarda faollik ko‘rsatganlar nomiga murojaat etdik. Demak, tanishing, diqqatingiz markazida - iyulning eng yaxshilari.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, BAAda o‘tkazilgan uchta o‘yinni yoshlarimiz a’lo kayfiyatda o‘tkazib, g‘alaba nashidasini surishdi. Mazkur bahslarda haqiqiy yetakchilarga xos tarzda to‘p surgan Javohir Siddiqovni bu gal birinchi o‘ringa loyiq ko‘rdik. Darhaqiqat, Nepal, Livan hamda maydon egalariga qarshi kechgan uchrashuvlarda «o‘zbek Messisi»ning harakatlari barchaga ma’qul tushdi.

Qoyilmaqom driblinglar, aniq uzatmalar, yengil harakatlar va shunga o‘xshash Siddiqovga xos jihatlar Osiyo chempionati saralashida ham ko‘zga tashlandi. Qolaversa, amirliklar termasi bilan bo‘lgan muhim o‘yinda Javohir raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg‘ol qilib, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishni ham unutmadi. Aslida, bu futbolchi «Qo‘qon-1912» safida ham yorqin o‘yin ko‘rsatayotgandi.

BAAdagi musobaqadan keyin esa No‘’mon Hasanov boshchiligidagi jamoa erkin agentga aylangan yarim himoyachi bilan shartnoma tuzdi va Siddiqov endilikda Qo‘qon klubining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Mazkur holat futbolchining ancha o‘sishga erishganidan dalolat.

Ikkinchi o‘rin egasi - «Lokomotiv»dan. Yo‘q, uni klub yetakchilari orasidan qidirmang, baribir, topolmaysiz. Bu - «temiryo‘lchilar» kashfiyoti Azizbek Omonov. Yodingizda bo‘lsa, 3-turning qoldirilgan bahsida u debyutini nishonlab, «Metallurg» darvozasini ishg‘ol qilgandi. Iyul oyida esa Omonov kubok bahslarida ham o‘zidan yorqin taassurot qoldirdi, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bugungi kunda to‘purarlar tanqisligi sezilayotgan pallada bunday futbolchilarning paydo bo‘lishi yoqimli, albatta.

To‘g‘ri, Azizbek asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilmoqda. Ammo ishonchimiz komilki, agar o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasa, tez orada «Loko»ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanishi muqarrar. Har holda, uning yashil maydondagi harakatlari shunday fikr yuritishga undamoqda. Darvoqe, Omonov davralar oralig‘ida o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahslarida ham munosib o‘yin ko‘rsatib, murabbiylar ishonchini oqladi.

Laureatlar kuchli uchligini dastlab oliy ligada, keyinchalik kubok bahslarida ham shov-shuvli natijalar qayd etgan «Dinamo» klubi vakili Amirjon Safarov yakunlab beradi. Allaqachon samarqandlik muxlislar yoqimtoyiga aylanib qolgan hujumchi deyarli har bir uchrashuvni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Zarur pallada gol uradi, sheriklarini samarali uzatma bilan ta’minlaydi va shu tariqa jamoasi g‘alabasiga o‘z ulushini qo‘shadi.

Dastlab O‘zbekiston kubogi yarim finali yo‘llanmasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan «Dinamo» ushbu bosqichning ilk bahsida «Bunyodkor» maydonida nursiz durang qayd etdi. Bu esa ko‘hna shaharliklarning hal qiluvchi o‘yinga chiqish imkoniyatlari hamon saqlanib turganidan dalolat. Mazkur natijalarning qayd etilishida Samarqand jamoasi yetakchilaridan biri bo‘lgan Safarovning hissasi katta.

Shuningdek, iyulda «Nasaf» vakillari Aziz G‘aniyev, Bahrom Abdurahimov, Bobur Abduxoliqov, «Bunyodkor»dan Doston Hamdamov, «Paxtakor» a’zolari Botirali Ergashev, Jamshid Iskanderov kabi futbolchilar ham o‘z klublari safida faolliklari bilan boshqa sheriklaridan ajralib turishdi. O‘z navbatida, «sherlar»ning yangi legionerlari ham nazorat bahslarida muxlislarga yoqadigan o‘yin namo-yish etishdi.

Murabbiylar uchligini shogirdlari bilan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Ravshan Haydarov ochib beradi. Yoshlar bilan ishlash hadisini olgan mutaxassis O‘zbekiston U-22 termasini BAAda o‘tkazilgan saralash bahslariga munosib tarzda tayyorlab, asosiy vazifani bajardi. Uning qo‘l ostidagi futbolchilar muxlislar ancha sog‘inib qolgan hujumkorlikni taqdim etishdi.

Vakillarimizda o‘ziga bo‘lgan ishonch, hamjihatlik ko‘zga tashlandi va buning samarasi o‘laroq, muvaffaqiyat qozonildi. Ayniqsa, Haydarov mezbonlarga qarshi kechgan muhim bahsda shogirdlarini g‘alaba sari ruhlantira oldi. Xullas, mehnatlar zoye ketmadi, yo‘llanma naqd qilindi, Ravshan Akmalovich esa e’tirof markazida.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Mirjalol Qosimov kelgach, «Bunyodkor»da ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. 3-turning qoldirilgan o‘yinida «Nasaf» taslim etilgach, mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmagan «qaldirg‘ochlar» turnir jadvalida 7-pog‘onaga ko‘tarilib, oraliq tanaffusga aynan shu o‘rinda chiqishdi. Ikkinchi davra tayyorgarligiga zo‘r bergan «Bunyodkor» safi tajribali futbolchilar hisobiga to‘ldirildi. Aniqrog‘i, Mirjalol Qo‘shoqovich eski qadrdonlarini jamoaga taklif qildi.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari chog‘ida bu o‘yinchilarning aksariyati o‘zlaridan yorqin taassurot qoldirishdi. Qosimov esa «qaldirg‘ochlar»ning avvalgi nufuzini qaytarish uchun astoydil jon kuydirmoqda.

Mana, O‘zbekiston kubogi chorak finalida «Neftchi» taslim etilgach, OCHL yo‘llanmasini taqdim etadigan sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qoldi. Xullas, shu ma’lumotlarni inobatga olgan holda ushbu mutaxassisni ikkinchi o‘ringa loyiq deb topdik.

Laureatlar ro‘yxatida «Dinamo» bosh murabbiyi Oleg Tyulkinga ham joy topildi. Ilhom Sharipov hamrohligida jamoaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, qo‘l ostidagi futbolchilarni yangidan-yangi g‘alabalar sari ruhlantirishga urinayotgan mutaxassis qaysidir ma’noda buni uddalamoqda. Ushbu sa’y-harakatlari samarasi o‘laroq, «Dinamo» O‘zbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yarim final yo‘llanmasi naqd qilingach, «Bunyodkor» maydonida durang qayd etildi. Agar Tyulkin boshchiligidagi murabbiylar shtabi shu tariqa mehnat qilishdan to‘xtashmasa, o‘z maydonlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda final yo‘llanmasini o‘zlariniki qilishsa, ajablanmaymiz.

Iyulning faol murabbiylari qatoriga shuningdek, mavsum kashfiyotiga aylangan «Qo‘qon-1912»ni kubok bahslaridan chiqarib yuborgan «Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda o‘zbek futbolining bugungi kundagi yetakchisi - «Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichichni ham kiritish mumkin.

Futbolchilarning oy davomidagi natijalari

№      Futbolchi                        O‘yin     Daqiqa      Gol     Eng yaxshi

 

1.       Javohir Siddiqov          4           360            1          -

2.       Azizbek Omonov              2           36              1          -

3.         Amirjon Safarov      2          136       1          -

Izoh: faqat rasmiy o‘yinlar hisobga olingan.

Eng yaxshi murabbiylar

Fevral

1. Mirko Yelichich («Lokomotiv»)

2. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

3. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912»)

Mart

1. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

2. Oleg Tyulkin («Dinamo»)

3. Aleksandr Xomyakov («Mash’al»)

Aprel

1. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912»)

2. Aleksandr Xomyakov («Mash’al»)

3. Ilhom Mo‘minjonov («Navbahor»)

May

1. No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912»)

2. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

3. Viktor Kumikov («Olmaliq»)

Iyun

1. Viktor Kumikov («Olmaliq»)

2. Jasur Abduraimov («Paxtakor»)

3. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)

Iyul

1. Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U-22 t.j.)

2. Mirjalol Qosimov («Bunyodkor»)

3. Oleg Tyulkin («Dinamo»)

eng yaxshi futbolchilar

Fevral

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Murod Zuhurov («Bunyodkor»)

3. Temurxo‘ja Abduxoliqov («Al-Sayliya», Qatar)

Mart

1. Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)

2. Dragan Cheran («Nasaf»)

3. Shohruz Norxonov («Obod»)

Aprel

1. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

2. Filipp Rayevas («Qo‘qon-1912»)

3. Asilbek Omonov («Navbahor»)

May

1. Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»)

2. Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

3. Bahrom Abdurahimov («Nasaf»)

Iyun

1. Doston Hamdamov («Bunyodkor»)

2. Xurshid Xo‘jayev («Olmaliq»)

3. Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»)

Iyul

1. Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»)

2. Azizbek Omonov («Lokomotiv»)

3. Amirjon Safarov («Dinamo»)

Umumiy natija

Murabbiylar

1. No‘’mon Hasanov - 11 ochko

2. Ro‘ziqul Berdiyev - 9 ochko

3. Viktor Kumikov - 6 ochko

4-5. Mirko Yelichich - 5 ochko

4-5. Ravshan Haydarov - 5 ochko

6-8. Ilhom Mo‘minjonov - 4 ochko

6-8. Aleksandr Xomyakov - 4 ochko

6-8. Oleg Tyulkin - 4 ochko

9-10. Jasur Abduraimov - 3 ochko

9-10. Mirjalol Qosimov - 3 ochko

 ----------------------------------------------

Futbolchilar

1. Marat Bikmayev - 13 ochko

2. Javohir Siddiqov - 10 ochko

3-4. Odil Ahmedov - 5 ochko

3-4. Doston Hamdamov - 5 ochko

5-9. Murod Zuhurov - 3 ochko

5-9. Dragan Cheran - 3 ochko

5-9. Xurshid Xo‘jayev - 3 ochko

5-9. Filipp Rayevas - 3 ochko

5-9. Azizbek Omonov - 3 ochko

10-15. Temurxo‘ja Abduxoliqov - 1 ochko

10-15. Shohruz Norxonov - 1 ochko

10-15. Asilbek Omonov - 1 ochko

10-15. Bahrom Abdurahimov - 1 ochko

10-15. Murod Xolmuhammedov - 1 ochko

10-15. Amirjon Safarov - 1 ochko

------------------------------------------------

Izoh: 1-o‘rin - 5 ochko, 2-o‘rin - 3 ochko, 3-o‘rin - 1 ochko.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 13.08.2017.
O'qildi: 3459 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.