Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Murod Bobojonov: "Maqsad aniq - milliy terma jamoada o‘ynash"

Murod Bobojonov: "Maqsad aniq - milliy terma jamoada o‘ynash"

Baho:
+ | -

Afsuski, milliy chempionatimizda barqaror o‘yin namoyish etayotgan hujumchilar ko‘p emas. Joriy mavsum ijara kelishuvi asosida «Lokomotiv» sharafini himoya qilayotgan yosh forvard Murod Bobojonov tez-tez gol urib, ishonchni baholi qudrat oqlamoqda.

Transfer jihatidan «Neftchi»ga tegishli Xorazm futboli tarbiyalanuvchisi xususan, O‘zbekiston kubogi yarim finali doirasida «Nasaf»ga qarshi kechgan ilk bahsda ham o‘zini ko‘rsatdi.

- Murod, avvalo, o‘z haqingizda ma’lumot bersangiz, millionlar o‘yiniga qay tariqa oshno tutingansiz?

- Sir emas, futbol ajib sehrga ega sport turi. Bejiz dunyoning barcha nuqtalarida odamlar aynan shu sportga alohida shinavandalik qilishmaydi. Xususan, ko‘plab bolalar kelajakda futbolchi bo‘lishni orzu qilishadi.

Deylik, men ham aqlimni tanibmanki, futbolga mehr qo‘yganman. Mahallada tongdan kechgacha do‘stlar davrasida to‘p ortidan yugurardik. Ushbu qiziqish yildan-yilga kuchayib borib, o‘z-o‘zidan meni futbol maktabiga yetakladi.

- Xo‘sh, ilk saboqlarni qayerda olgansiz?

- Dastlab Urganchdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qatnadim. Ilk murabbiyim - Azimboy Aripov. Futbolning boshlang‘ich sirlarini aynan shu kishi o‘rgatganlar. Keyinchalik meni «Xorazm»ga taklif etishdi va 2012-2013 yillarda birinchi ligada shu jamoa sharafini himoya qildim.

- Umuman, albatta, professional futbolchi bo‘lishga nechog‘li ishongandingiz?

- Aslida bolalik payti diplomat bo‘lishni niyat qilgandim. Lekin futbolga nisbatan mehr ustunlik qilib, sport yo‘lini tutdim. O‘sha vaqtdayoq oldimga professional darajaga chiqish maqsadini qo‘ygandim. Shunga yarasha o‘z ustimda imkon qadar ko‘proq ishlardim.

- Natijada birinchi liga jamoasida uzoq qolmadingiz...

- Ha, 2014 yili «Neftchi»ga chorlashdi. Muhimi, Farg‘onada meni juda yaxshi kutib olishdi va vaqt o‘tgani sayin ko‘proq o‘yin amaliyoti berishdi.

- Oliy ligadagi debyutingizni qanday eslaysiz?

- Taqdir taqozosi bilan «Neftchi» safida ilk marta «Navbahor»ga qarshi kechgan o‘yinda maydonga tushdim - «Vodiy derbisi»da. O‘sha uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasini maydonda o‘tkazgan va 1:1 hisobida qayd etilgandi.

- Tabiiyki, ilk golingiz ham xotirangizda - uni qaysi jamoa darvozasiga urgansiz?

- «Neftchi» tarkibida ikkinchi marta maydonga tushganimda, gollarim hisobini ochgandim. Yoqimli tomoni, «Bunyodkor» darvozasini ishg‘ol qilganman.

Vaholanki, murabbiylar 90-daqiqadagina maydonga tushish imkonini taqdim etishgandi. Xullas, raqib darvozasi tomon yo‘llagan ilk zarbam gol bilan tugagandi. Eh, hozir o‘sha holatdagi his-tuyg‘ularimni ta’riflab berolmayman.

- Mana, endilikda «Lokomotiv» safida to‘p surmoqdasiz...

- «Lokomotiv» - shubhasiz, yetakchi jamoalarimizdan biri. Klub oldiga eng yuqori maqsadlar qo‘yilgani ham ma’lum. Yil boshida jamoa vakillari men bilan qiziqishganida, chorlovni o‘ylamay qabul qildim.

Zero, futbolchi doimo o‘sishga intilishi lozim. «Temiryo‘lchilar» tarkibida raqobat juda baland. Lekin shu raqobat kishini o‘z ustida ko‘proq ishlashga undaydi.

- «Loko» ikkinchi davrani ham birinchisi kabi peshqadam sifatida yakunlay olarmikan?

- O‘ylashimcha, jamoamiz mavsumning ikkinchi qismini yuqori sur’atda o‘tkazishga qodir. Jamoa oldida aniq vazifa bor - chempionlik maqomini saqlab qolish. Shundan kelib chiqib, tayyorgarlik jarayoni yuqori darajada olib borildi.

- Odatda bo‘sh vaqtni qay tariqa o‘tkazasiz?

- Aslida mashg‘ulotlar, o‘yinlar va doimiy safarlar sabab, bo‘sh vaqt uncha ko‘p bo‘lmaydi. Shu boismi, mashg‘ulotlardan bo‘shagan hamono yaqinlarim oldiga shoshaman.  

- Futboldagi bosh kumiringiz kim?

- Yoshligimda braziliyalik Ronaldo ishtirokidagi o‘yinlarni katta hayrat bilan tomosha qilardim. Ushbu hujumchi aqlga sig‘mas darajadagi harakatlari bilan ko‘pchilikni lol qoldirgani aniq.

Hozirga qadar Ronaldu fintlari muhrlangan videolavhalarni maroq bilan ko‘raman va shu asnoda nimalarnidir o‘zlashtirishga urinaman.

- Eng katta orzungiz...

- Har qanday futbolchi o‘z mamlakati bosh jamoasi safida loaqal bir marta maydonga tushishni istasa kerak. Men ham o‘z oldimga milliy jamoa a’zosiga aylanishni rejalashtirib qo‘yganman.

Buning uchun hali ko‘p ishlashim va ko‘plab gollar urishim lozimligini yaxshi bilaman. Qolaversa, vaqti kelib, xorijning biror kuchli chempionatida o‘z kuchimni sinab ko‘rishni istayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 13.08.2017.
O'qildi: 4654 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.