«Real» yarimhimoyachisi Marko Asensio Ispaniya Superkubogi doirasida «Barselona»ga (3:1) qarshi kechgan uchrashuvdagi hakamlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bizning darvoza tomon belgilangan penalti menda shubha uyg‘otmoqda.
Bundan tashqari, Ronalduga ikkinchi sariq karta ko‘rsatilmasligi kerak edi. U raqibiga urilib, keyin yiqildi. Penaltini bermaganga yarasha, sariq karta ko‘rsatilmasligi kerak edi. Ammo hakamlar ham oddiy insonlar, ular ham xato qiladi», — dedi Asensio.