O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ushbu haftada start oladigan ATP World Tour Masters 1000 seriyasiga kiruvchi Sinsinnatidagi turnirdagi ishtirokini saralash bosqichidan boshladi. Saralash bosqichiga 8-tartib raqami bilan qo‘yilgan Istomin, 1 soat 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda mezbonlar vakili Makkenzi MakDonaldga 6-4; 6-2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, hamyurtimiz hozirgi kunda ATR reytingida 82, 22 yoshli MakDonald esa 207-o‘rinni egallab turibdi.