Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Dinamo» a’zolari muxlislar bilan uchrashdi

«Dinamo» a’zolari muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi va muxlislar o‘rtasida yanada yaqin aloqalar o‘rnatib, bevosita savol-javob tashkil etish uchun 15 avgust, seshanba kuni «Dinamo» stadionida muxlislar va «Dinamo» klubi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

«Dinamo» klubi rahbariyati, futbolchilar va murabbiylar shtabi qatnashgan ushbu tadbirda jamoaning eng ashaddiy va jonkuyar muxlislari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan jamoa a’zolariga murojaat etishdi.

Xususan, savollarga jamoa bosh menejeri Ilhom Sharipov javob berar ekan, shunday dedi:

- Avvalambor, ushbu uchrashuvda siz aziz muxlislarimiz bilan ko‘rishib turganimizdan xursandmiz. Bilasiz, futbol avvalo muxlislar uchun.

Samarqandlik futbol ishqibozlari jamoamizning har qanday natijasiga qaramay, «Dinamo»ni xoh uyda, xoh safarda tinmay qo‘llab-quvvatlashmoqda. Buning uchun ulardan minnatdormiz.

Chindanam, ikkinchi davra o‘yinlarini omadsiz boshladik. Kubok yarim finalida «Bunyodkor» bilan safarda durang qayd etgan bo‘lsakda, Oliy Liganing so‘nggi ikki turida o‘rtamiyona jamoalarga qarshi o‘ynab, mag‘lubiyatga uchradik.

Bu natijalar biz kabi muxlislarimizni ham ranjitgani tabiiy. Ko‘pchilikda «Dinamo» ikkinchi davraga tayyor emasmidi?» qabilidagi savollar tug‘ilgan bo‘lishi mumkin.

Bunga javoban aytaman, biz davralar oralig‘ida jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Tarkibimizdan aksariyat futbolchilar boshqa jamoaga o‘tgan bo‘lsalarda, ularning o‘rnini Farhod Tojiyev, Adnan Oraxovas, Muhammad Isayev, Doniyor Ismoilov singari yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to‘ldirdik.

So‘nggi ikki o‘yindagi qoniqarsiz natija omadsizlik bilan bog‘liq. Yigitlar bilan jiddiy ishlashda davom etayapmiz, umid qilamanki bu tez orada o‘z samarasini beradi.

Ilhom Sharipov muxlislarning «Paxtakor»ga qarshi o‘yin borasidagi savollariga ham javob berdi.

«Chindanam, biz birinchi davrada mag‘lub etgan «Paxtakor» bilan bugungisi o‘rtasida farq katta. «Neftchi» bilan o‘yinda ularning kuchini ko‘rdik. Ammo, «Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvida har ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi.

Yigitlarimiz ham ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Biz Samarqandda muxlislarimiz qarshisida ularni xursand etish uchun bor kuch va g‘ayratimizni sarf etamiz. Maqsadimiz Oliy Liga bahslarida yaxshi natijalar ko‘rsatish va kubokda eng avvalo finalga chiqishdir» - dedi Ilhom Sharipov.

Murabbiylardan Oleg Tyulkin, futbolchilardan Akmal Bozorov, Abdumalik Abdullayev, Farhod Tojiyev, Muhammad Isayev, Doniyor Ismoilov, Adnan Oraxovas, Amirjon Safarov, Sardor Sulaymonovlar so‘zga chiqib, muxlislarning savollariga javob qaytarishdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ishqibozlar «Dinamo» jamoasiga keyingi bahslarda omad va zafarlar tilab qolishdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:36, 16.08.2017.
O'qildi: 3075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.