Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

O‘zbekiston o‘smirlar termasining Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindi

O‘zbekiston o‘smirlar termasining Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindi

Baho:
+-1 | -

Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Qatar U-16 termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgandi.

Mazkur uchrashuvlar 19 va 21 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tashkilotchi tomon – Qatar futbol assosiasiyasi rejalari o‘zgargani haqida ma’lum qildi. Shu sababli, O‘zbekiston o‘smirlar termasi Qatarga yo‘l olmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar termasi 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorlanmoqda. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:22, 18.08.2017.
O'qildi: 4777 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик