Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga. "Neftchi" - Navbahor" (prevyu)

Oliy liga. "Neftchi" - Navbahor" (prevyu)

Baho:
+ | -

Farg‘onada “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari navbatdagi “vodiy derbi”sida maydonga tushadi.

19 avgust kuni soat 19.00da Farg‘onadagi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

«Neftchi» va «Navbahor» jamoalari O‘zbekiston chempionatining Oliy ligasida 51 bor uchrashgan. 13 ta uchrashuvda "Navbahor" g‘alabani nishonlagan bo‘lsa, 25 o‘yinda farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan. Tomonlar o‘n uch bor murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 76-51, "Neftchi" foydasiga.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari sobiq navbahorchi Shuhrat Mirxoldirshoyev sanaladi. Futbolchi "lochinlar" safidagi faoliyatida "Neftchi" darvozasini jami yetti marotaba aniq nishonga olgan. Uning ortidan hisobida olti gol bilan farg‘onaliklar yarim himoyachisi Akmal Xolmatov o‘rin olgan.

Farg‘onaliklar "Navbahor" maydonida so‘nggi bor 2011 yiliuch ochko ishlashgan. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, "Neftchi"ni jamoamiz o‘z maydonida yirik hisobda hali mag‘lub etishni uddasidan chiqmaganiga guvoh bo‘lamiz. Raqib esa o‘z tarixida olti bor "navbahorchilar" ustidan uch to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan. "Navbahor" faqatgina 2004 yilda Shuhrat Mirxoldirshoyevning “dubli” va Patrik Agboning goli evaziga "Neftchi"ni safarda 3:0 hisobida yengishga muvaffaq bo‘lgan.

Darvoqe, 2003 yildan buyon "lochinlar" farg‘onaliklar bilan o‘tadigan qarama-qarshilikda o‘z maydonida bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonmoqda. Shuningdek, klublarning Namangandagi o‘zaro to‘qnashuvida "Navbahor" faqatgina 2000 yildagina "Neftchi" darvozasini uch bor ishg‘ol etishni uddalagan xolos.

Jamoalarning joriy yilgi mavsum birinchi davrasida Namanganda o‘tgan to‘qnashuvida durang kuzatildi. Bahsning birinchi bo‘limida mehmonlar Komarovskiyning goli tufayli hisobni ochgan bo‘lsa, Nemanya Yovanovich tanaffusdan keyin penaltini aniq amalga oshirib, durangni ta’minlagandi.

Joriy yil hisobidan 19 avgust sanasidagi bahs jamoalarning to‘rtinchi uchrashuvidir. Bunga qadar raqiblar Namanganda o‘tgan chempionat o‘yinidan tashqari mamlakat kubogida ham ikki bor kuch sinashishga erishishdi. Dastlab Farg‘onada “Neftchi” 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa Namanganda o‘tgan javob uchrashuvida “Navbahor” 2:1 natija bilan g‘olib chiqqandi. Farg‘onaliklar mehmonda urilgan gol tufayli keyingi bosqichga yo‘l olishgandi.

“Neftchi” maydonida o‘tgan o‘zaro o‘yinlardagi natijalar quyidagicha:
1992 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 1:0
Gollar: A.Tixonov (87-pen.).
1993 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 3:2
Gollar:
R.Bozorov (25,32,48) – S.Tursunov (53), M.Bayramov (67)
1994 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
A.Fyodorov (32), R.Bozorov (55) – F.Xabibulin (10).
1995 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
S.Lebedev (17), S.Andreev (20) – A.Vinnikov (70).
1996 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
R.Do‘rmonov (39,53) – O.SHaskix (37).
1997 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 0:0
1998 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 3:1
Gollar:
S.Lebedev (4-pen.,88), N.Quttiboyev (69) – K.Pavlyuchenko (23).
1999 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 0:2
Gollar:
SH.Rahmonqulov (12), A.Soliyev (43).
2000 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 4:1
Gollar:
S.Ni (2,52), A.Toirov (10), O.SHomurodov (60) – SH.Mirxoldirshoyev (35).
2001 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 4:1
Gollar:
U.Isoqov (45,46), V.Radkevich (50), A.Berdiyev (60) – D.Aliyev (90).
2002 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 4:2
Gollar:
S.Ni (42), A.Xolmatov (53), A.Berdiyev (58), A.Toirov (85) – U.Mirxoldirshoyev (30), V.Kotelnikov (87).
2003 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 3:1
Gollar:
SH.Rayimjonov (10), A.Xolmatov (11), T.Sultonov (79-avtogol) – SH.Mirxoldirshoyev (71).
2004 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 0:3
Gollar:
SH.Mirxoldirshoyev (35,66), P.Agbo (90).
2005 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 3:0
Gollar:
A.Xolmatov (45+1, 58), I.Kovalenko (48).
2006 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 1:0
Gol:
N.SHoimov (60).
2007 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 1:1
Gollar:
N.Otaqo‘ziyev (36) - V.Baranov (43).
2008 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:1
Gollar:
N.Otaqo‘ziyev (87) – V.Pochuyev (25-avtogol), D.Xojiyev (28).
2009 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:0
Gollar:
S.Mirzayev (80), A.Xoliєov (84).
2010 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 4:3
Gollar:
M.Saidov (10), A.Xoliqov (45+1), A.Berdiyev (54-pen.), SH.Hakimov (83) – E.Jahonov (39), YE.Sayko (48), G‘.Jo‘rayev (67).
2011 yil
"Neftchi" - "Navbahor" 1:1
Gollar:
A.Xoliqov (10-pen.) – A. Sultonov (28).
2012 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 3:0
Gollar:
D.Ermatov (61), A.Berdiyev (63), S.Mirzayev (83).
2013 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 2:0
Gollar:
O.Isroilov (36), D.Ermatov (62).
2014 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 1:0
Gol:
S. Rahmonov (59).
2015 yil
"Neftchi" - "Navbahor" - 1:0
Gol:
O. Xaydarov (85).
2016 yil
"Neftchi" - "Navbahor" 1:0 (1:0).
Gol:
SH. Hakimov (20).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:43, 19.08.2017.
O'qildi: 3157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.