Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Dushan Michich: «Bunyodkor»dan ketishimga hech kim qarshilik ko‘rsatmadi

Dushan Michich: «Bunyodkor»dan ketishimga hech kim qarshilik ko‘rsatmadi

Baho:
+ | -

Oliy liganing ikkinchi davrasi oldidan «Bunyodkor»ning serbiyalik futbolchisi Dushan Michich jamoa safini tark etdi.

«Qaldirg‘ochlar»ning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushan serbiyalik legionerni markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisi zonasida sinab ko‘rib, unga ishonch bildirgandi, ammo ba’zi bir sabablarga ko‘ra, Michich toshkentliklar bilan shartnomani bekor qildi va «Bunyodkor»dan ketish sababini tushuntirib berdi.

- Yangi mavsum boshlanishida aksariyat futbol mutaxassislari sizning «Bunyodkor»da yetakchilikni qo‘lga olishingizga ishonishgandi. Ammo negadir kutilgan ish amalga oshmadi. Nima sababdan «Bunyodkor»dan ketdingiz?

- Avvalo, «Bunyodkor»dagi ishimdan qoniqmayotgandim. Maydonda himoya markazi yoki tayanch zonasida harakatlansam, o‘zimni yengil his eta olaman va jamoaga foydam tegishi mumkin. Biroq Sergey Lushan markaziy yarim himoya pozisiyasiga yaxshi futbolchi topa olmagani uchun aynan shu zonada harakatlandim va ko‘ngildagidek natija ko‘rsata olmadim.

 - «Bunyodkor» Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi va oliy liganing birinchi davrasida o‘ziga o‘xshamadi. Nima deb o‘ylaysiz, bularning barchasiga murabbiy aybdormi?

- Toshkentga kelgach, «Bunyodkor» bilan bir yillik shartnoma imzoladim va o‘z oldimga jamoa bilan ko‘plab g‘alabalarga erishishni maqsad qilib qo‘ygandim. To‘g‘ri, boshida yaxshi natijalarga erishishimizni isbotladik, biroq jamoaning ichki muhiti yomonlashgani sabab barchasi boshqacha ko‘rinish oldi.

Buning oqibatida «Bunyodkor» mag‘lubiyatli seriyalarni boshidan o‘tkazdi. Jamoaning asosiy futbolchilari yoshlar hisoblanishadi, ammo muammo klub rahbariyati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Masalan, joriy mavsum «Bunyodkor» OCHLdagi ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Bunga jamoada mablag‘ yetishmovchiligi va murabbiyning tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaganini sabab deya ko‘rsatish mumkin.

«Bunyodkor»dagi muammolar asosan rahbariyat futbolchilar maoshlarini qayta ko‘rib chiqqanidan keyin boshlangandi. Ha, OCHLning «pley-off» bahsida «Al-Jaish»ni mag‘lub etishni uddalagandik, ammo guruh bosqichidagi raqiblar tarkibi juda ham kuchli futbolchilardan tashkil topgandi.

- Jamoadagi o‘zgarishlar haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak?

- Ha, yangi rahbariyat va tajribali murabbiy ish boshladi. Bu urinishlar «Bunyodkor»ga albatta, foyda olib kelishi tabiiy. Umid qilamanki, jamoa tez orada oliy liganing yuqori o‘rinlariga qaytadi.

 - Yuqorida ta’kidlaganingizdek, «Bunyodkor» bilan bir yillik shartnoma imzolagansiz. Lekin ushbu muddat tugamasdan oldin «qaldirg‘ochlar» safini tark etdingiz. Rahbariyat yoki murabbiy tomonidan sizga e’tirozlar bo‘lmadimi? Balki ular qolishingizni istashgandir?

- Mirjalol Qosimov kelganidan so‘ng jamoa taktikasi va o‘yin uslubi almashdi. Men esa bunday uslubda o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgandim. Qolaversa, kichik jarohatlar ketishimga sabablardan biri bo‘ldi. Rahbarlarga ketish istagim borligini bildirganimda hech kim qarshilik qilmadi va yakunda «Bunyodkor»ni erta tark etdim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 19.08.2017.
O'qildi: 5198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.