Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘yiniga muxlislar qo‘yilmasligi sababi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘yiniga muxlislar qo‘yilmasligi sababi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining qaroriga ko‘ra, 25 avgust kuniga belgilangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yopiq tarzda o‘tkaziladi.  

Ushbu o‘yinni tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘yinchini almashtirish imkoniyatidan cheklanmagan miqdorda foydalanishga o‘zaro kelishib olganligi munosabati bilan o‘yin xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo‘lmaydi.

“Futbol qoidalari”ning maydondagi o‘yinchilarning soni haqidagi 3-bandiga ko‘ra, milliy terma jamoalarning xalqaro o‘yinlarida ko‘pi bilan bir jamoadan 6 futbolchining almashtirilishiga ruxsat beriladi. 6 futbolchidan ko‘p o‘yinchi almashtirilgan o‘yinga “nazorat uchrashuvi” maqomi beriladi va u FIFAning xalqaro taqvimida ro‘yxatga qo‘yilmaydi. Shu sababli, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘yin nazorat o‘yini sifatida darajalanadi va FIFA reytingini hisoblashda inobatga olinmaydi.

FIFAning 2017 yil 26 iyulida tashkilotga a’zo federasiyalarga yuborgan 1593-raqamli sirkulyarga ko‘ra, bunday nazorat uchrashuvilarining targ‘iboti, o‘yinga chipta sotish, o‘yinni translyasiya qilishga ruxsat berilmasligi munosabati bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat o‘yini translyasiya qilinmaydi.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 19:46, 22.08.2017.
O'qildi: 20748 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик