Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Oliy liga. “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” (prevyu)

Oliy liga. “Qo‘qon-1912” – “Neftchi” (prevyu)

Baho:
+ | -

Shanba kuni Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda katta futbol bayrami bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi – “Qo‘qon-1912” va “Neftchi” maydonga tushadi.

“Neftchi” va “Qo‘qon-1912” oliy ligada shu kunga qadar 23 bora to‘qnash kelishgan. “Neftchi” 18 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 2 marta durang qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” bu raqibni uch marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbatida “Neftchi” tomonida – 66:28. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 56 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” 11 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
22.10.2016 «Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 2:1
19.06.2015 «Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 1:2
20.05.2003 «Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 2:4
03.08.2002 «Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 0:4
08.04.2000 «Qo‘qon-1912» – «Neftchi» 2:3

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bahsni mamlakatimizning eng yaxshi referilaridan biri – Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvini hamda Namanganda o‘tkazilgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” o‘yinlarida Kovalenko ishlagandi.

Qizig‘i, shundaki, Kovalenko joriy mavsumda ikkinchi marta vodiy derbisini boshqarib boradi.

Oliy liga
19-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Neftchi» (Farg‘ona)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), A. Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Frolov.

“Qo‘qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 26 avgust kuni Qo‘qon shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 17:00da boshlanadi. 25 avgust kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 16:30da start oladi.
Barcha muxlislarimizni stadionga chorlab qolamiz.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:32, 24.08.2017.
O'qildi: 2622 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик