Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

“So‘g‘diyona” navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni boshladi

“So‘g‘diyona” navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni boshladi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari sabab "So‘g‘diyona" murabbiylar shtabi jamoaga qisqa muddatli tanaffus bergan edi.

Bugun jamoa “So‘g‘diyona” qarorgohiga yig‘ildi va mashg‘ulotlarga kirishdi.

“So‘g‘diyona”-“Nasaf” bahsi milliy terma jamoa o‘yinlari sababli noma’lum muddatga qoldirildi. Murabbiylar shtabi oliy liganing 20-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Obod”-“So‘g‘diyona” bahsiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, shuningdek FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga qaror qildi. Sparing raqib sifatida esa “Zomin”jamoasi tanlandi. Ushbu bahs 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

“Lokomotiv” va “Olmaliq”qa qarshi bahslarda jarohati sabab jamoaga yordam bera olmagan G‘ayrat Umirov mashg‘ulotlarga qaytdi. “Lokomotiv” bilan o‘yinda jarohat olgan Umid Qodirov ham tarkibga kelib qo‘shildi. Ular bugun yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Obod”ga qarshi bahs 7 sentyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi.

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 10:38, 24.08.2017.
O'qildi: 2178 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.