Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Futbol jurnalistlarini haqorat qilgan O‘FF xodimi rasman kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi

Futbol jurnalistlarini haqorat qilgan O‘FF xodimi rasman kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FF xalqaro bo‘limida faoliyat olib boruvchi Sherzod Igamberdiyev Facebook sahifasida futbol jurnalistlarini haqorat qilgani uchun uzr so‘radi.

Avvalroq, futbol jurnalistlari federasiyasi rahbariyatiga ochiqcha chiqish qilib, jurnalistlarni tinimsiz haqorat qilishda chegara bilmayotgan Igamberdiyevni yo ishdan bo‘shatishni yoki bo‘lmasa O‘FF rasmiy saytida tushuntirish berishini talab qilgandi.

O‘zbekiston — Qirg‘iziston o‘yini arafasida Igamberdiyev Facebook sahifasida chiqish qilib, aytganlari uchun uzr so‘radi va o‘zbekistonlik futbol jurnalistlarini mamlakatdagi eng yaxshisi deb tan oldi. Biroq O‘FF rasmiy sayti bu borada rasman tushuntirish bermadi, shuningdek, Igamberdiyevning ishdan olingani borasida ham xabar chiqmadi.

Quyida Sherzod Igamberdiyevning uzrnomasi keltirilgan:

"Kecha men jurnalistlarimiz darajasini qishloqniki bilan tenglashtirib post qoldirganimdan so‘ng, jurnalistlar jamoatchiligi O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbariyatiga ochiq murojaat bilan chiqib, mening rasman kechirim so‘rashimni talab qildi.

Bu postda men O‘zbekiston jurnalistlaridan ochiqchasiga uzr so‘rayman. Hozir biz yaqindan bilgan o‘zbekistonlik jurnalistlar shubhasiz mamlakatning eng yaxshi jurnalistlaridir. Ulardan zo‘ri yo‘q, yo‘qsa ularni hech kim o‘qimagan va millionlab ishqibozlar ularga quloq solmagan bo‘lardi. Bu ayni haqiqat. Bir vaqtning o‘zida hozirgi vaziyat mamlakatimiz jurnalistlari birdamligining yorqin dalilidir.

Kecha meni tegishli postni yozishga majbur qilgan jihat O‘zbekiston — Qirg‘iziston uchrashuvining yopiq eshiklar ortida o‘tishi bilan bog‘liq faktning jurnalistlar tomonidan, mening nazdimda, mutlaqo nohaq tanqid etilgani bo‘ldi. Shu munosabati bilan, men guruhdagi raqibimiz Qatar ham yopiq eshiklar ortida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazayotganiga jurnalistlar e’tiborini qaratishga qaror qilgandim. Mening postimni haqorat sifatida qabul qilib, ayni damda undagi asosiy ma’noga umuman e’tibor qaratmaganliklaridan afsusdaman.

Hozir terma jamoamiz Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida ikkita juda muhim o‘yin o‘tkazish ostonasida turibdi. Mojaro va tanqidlar — terma jamoa va murabbiylar shtabi uchun hozir eng kam zarur narsalardir. Mana shu murabbiylar shtabiga oxirigacha ishlashga imkon bering va shundan so‘ng uning ish natijalari haqida mulohaza yuriting.

Shuning uchun, men jurnalistlarimiz va ishqibozlarimizga ochiq murojaat qilib, shu kunlarda terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga hamda muhim bahslarga murabbiylar shtabi va futbolchilarning ommaviy mojarolar, haqoratlar, memlar fonida emas, balki qo‘llab-quvvatlov ostida tayyorgarlik ko‘rishiga imkon berishingizni qattiq iltimos qilib qolaman" - dedi Sherzod Igamberdiyev, O‘FF xodimi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 25.08.2017.
O'qildi: 6564 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик