Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bibiana Shtaynxaus - Frank Riberini sekingina turtgan ayol hakam

Bibiana Shtaynxaus - Frank Riberini sekingina turtgan ayol hakam

Baho:
+ | -

Diqqat markazida yana o‘sha Bibiana Shtaynxaus. U bu safar kimsan Frank Riberini hijolat tortishga majbur qildi.

Ha, Germaniya kubogi doirasidagi o‘yin davomida mashhurlikka erishib ulgurgan ayol hakam bilan yana bir ko‘zda tutilmagan qaltisroq voqea yuz berdi.

Fransuz futbolchisi uning butsasi bog‘ichini yechishga urindi, go‘yo. Bibiana bunga javoban Frankni asta turtib qo‘ydi. «Sovetskiy sport» nashri esa shu «komediya» tafsilotlarini kengroq bayon etishni lozim ko‘rdi.

Oliy darajadagi o‘yinlarda hakamlik qilayotgan Bibiana Shtaynxaus yevrofutbol muxlislariga yaxshi tanilib ulgurgan ayoldir. Ha, gap o‘sha eng qattiqqo‘l mallasoch xonim haqida ketyapti. U Germaniya futbolida o‘yinlarni o‘zining jiddiy nigohi bilan binoyidek boshqaryapti. Bibiana qattiqqo‘llikni o‘rniga qo‘yish barobarida vaziyatga qarab, futbolchilardan shirin tabassumini ham ayamaydi. Ammo ba’zan noqulay ahvolga ham tushmoqda. Axir u maydonda 22 nafar erkak harakatini nazorat qilib boradi. Misol uchun, o‘yinlar chog‘i qaysidir futbolchi unga tasodifan urilib ketishi mumkin, kimdir esa mallasochga atayin teginishni xohlab qoladi. Deylik, bunday holatlar 3-4 marta kuzatildi.

Avvalgi hafta ro‘y bergan voqeaga kelsak, «Bavariya»ning fransiyalik yarim himoyachisi Frank Riberi Germaniya kubogi birinchi bosqichi doirasida «Kemniser»ga qarshi kechgan safar o‘yini (5:0) payti bosh hakam sifatida ishlagan Bibiana Shtaynxaus bilan noodatiy tarzda hazillashmoqchi bo‘ldi. Demak, voqea­ni bir boshdan bayon etamiz. O‘yinning 79-daqiqasida myunxenliklar jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Fransiyalik futbolchi to‘pni nuqtaga o‘rnatib, zarba yo‘llashga chog‘landiyu, birdan negadir Bibiana butsasi bog‘ichini yechishga urindi. Qaltis hazil. Referi bu vaziyatda haqiqiy ayollardek ish tutdi: futbolchining harakatini darrov payqab, uni shunchaki, ohista turtib qo‘ydi. Aslida u hakamlik qoidalariga asosan, Frankni kartochka bilan «siylashi» mumkin edi. Harqa­lay, qoidalarga ko‘ra, hakamga har qanday ixtiyoriy teginish sariq kartochka bilan jazolanadi. Eng e’tiborlisi, Bibiananing «qo‘l ko‘tarishi» fransiyalik futbolchiga ijobiy ta’sir qildimi, u bir necha soniyalardan so‘ng jarima zarbasini qoyilmaqom darajada bajarib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Aytgancha...

Bibiana Shtaynxaus yangi mavsumda Germaniya bundesligasi doirasidagi o‘yinlarini ham boshqarib boradi. U bunday sharafga loyiq ko‘rilgan birinchi ayol hakamdir.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 26.08.2017.
O'qildi: 4756 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.