Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/03 15:35 Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
25/03 16:00 Xitoy 0-2 Avstraliya
25/03 16:00 Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
25/03 18:45 Indoneziya 1-0 Bahrayn
25/03 18:45 Qirg‘iziston 3-1 Qatar
25/03 21:00 Eron 2-2 O‘zbekiston
25/03 23:15 KXDR 1-2 BAA
25/03 23:15 Kuvayt 0-1 Ummon
25/03 23:15 Falastin 2-1 Iroq
26/03 01:00 Boliviya 0-0 Urugvay
26/03 05:00 Chili 0-0 Ekvador
26/03 05:00 Venesuela 1-0 Peru
26/03 05:00 Kolumbiya 2-2 Paragvay
26/03 05:00 Argentina 4-1 Braziliya

Dani Sebalyos: «Qirollik klubi»da o‘ynash - sharaf»

Dani Sebalyos: «Qirollik klubi»da o‘ynash - sharaf»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yangi mavsum oldidan yosh, umidli futbolchilardan bo‘lgan Dani Sebalyosni o‘z safiga qo‘shib oldi. Yaqinda futbolchi yangi jamoasi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Real» haqida

- «Real»ning futbolkasini har kun ham kiyavermaysiz. Jahonda eng mashxur bo‘lgan buyuk klubning bir bo‘lagi bo‘lish men uchun sharaf. «Real»da o‘ynashdan ko‘ra katta faxr bo‘lmasa kerak.

Aynan shu jamoa a’zosiga aylanishimga umuman shubha qilmagandim. Prezident men bilan aloqaga chiqdi va gaplashib oldik.

Shundan so‘ng «Real»dan boshqa jamoa haqida o‘ylamay qo‘ydim. Albatta, bu yerda o‘z o‘rnimni topishim uchun ko‘p mehnat qilishim lozimligini yaxshi bilaman.

Bosim haqida

- Albatta, futbolchilarga har doim bosim bo‘lgan. Lekin «Real» sharafini himoya qilish maqsadim edi. Ayni paytda jahonning eng yaxshi jamoasi safidaman va bu klub libosini faxr bilan kiyaman.

Birinchi mavsumdagi maqsadlari haqida

- Yosh futbolchiman va bu yerdagi narsalarni ko‘rib hayron qoldim. Modrich va Kroos kabi futbolchilardan ko‘p narsa o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Tarkibda ajoyib futbolchilar bor. O‘z imkoniyatlarimni ishga solib, Zidanga «Qirollik klubi»da o‘ynashga loyiq ekanimni isbotlamoqchiman. «Real»ga o‘tgan futbolchi bosimdan cho‘chimasligi lozim.

Marko Asensio haqida

- Marko bilan bir-birimizni ko‘pdan buyon bilamiz. U bilan terma jamoalarda birga o‘ynaganmiz. U menga «Real»da o‘ynash imkoniyati tug‘ilsa, boy bermasligim kerakligini uqtirgandi.

O‘tish jarayonida Markoning qo‘llashlari menga ancha qo‘l keldi. Asensio mehnati evaziga «Real»da o‘z nomiga ega bo‘ldi.

Serxio Ramos haqida 

- U bilan birga maydonga tushishga oshiqyapman. Serxio mening transferimni iliq qabul qildi. U bilan munosabatlarimiz ajoyib.

E’tiborli tomoni, Ramos ham xuddi men singari Madrid klubi bilan 19 yoshligida shartnoma imzolagan. Men ham uning singari yuqori cho‘qqilarni zabt etishni istayman.

Menga maydon markazida o‘ynab, jamoadoshlarimga vaziyatlar yaratib berish yoqadi. Zidan nimani talab qilsa, shunga tayyorman. U mening kumirimdir. Umid qilamanki, Zidan menga ko‘p narsani o‘rgatadi.

Alvaro Morata haqida

- Har kim o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi lozim. Men bu yerga aniq maqsadlar bilan tashrif buyurdim va nima qilishim kerakligini bilaman. Morata ham ko‘ngli buyurgan ishni qildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 28.08.2017.
O'qildi: 5826 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz