Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xitoy – O‘zbekiston o‘yini jonli efirda namoyish qilinmaydi

Xitoy – O‘zbekiston o‘yini jonli efirda namoyish qilinmaydi

Baho:
+-2 | -1

Shu yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralashi doirasida Xitoyga qarshi safarda maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Ma’lumki, 31 avgust kuni soat 16:00 larda O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar boshlanishi kutilmoqda. Xitoy–O‘zbekiston o‘yini esa Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga belgilangan.

Xulosa shuki, Xitoy–O‘zbekiston uchrashuvi “Sport” telekanali orqali bayram tantanalari tugashi bilan, taxminan 18:30 larda yozib olingan shaklida efirga uzatilishi mumkin. Efir vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilishi ham ehtimoldan holi emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi maydonga tushgandan keyin 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 17:01, 28.08.2017.
O'qildi: 11255 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик