Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi CAFA U-15 Girls turniri g‘olibiga aylandi

O‘zbekiston qizlar terma jamoasi CAFA U-15 Girls turniri g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Karima Yo‘ldosheva bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Tojikiston mezbonlik qilgan CAFA U-15 Girls turniri g‘olibiga aylandi.

O‘zbekistonlik qizlar musobaqaning so‘nggi turida Eronga qarshi bahs yuritib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘yin natijasidan qat’i nazar O‘zbekiston U-15 termasi yuz foizlik natijani qayd etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi dastlabki turda Tojikistonni (8:2), ikkinchi turda esa Qirg‘izistonni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgan edi. 

CAFA U-15 Girls Tournament
Hisor, Tojikiston
29 avgust, seshanba

O‘zbekiston – Eron 2:0

Gollar: Tojiniso Rashidova, Diyora Jo‘raboyeva

Qayd etish joiz, musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan O‘zbekiston U-15 terma jamoasi sardori Tojiniso Rashidova turnir to‘purariga aylandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:09, 29.08.2017.
O'qildi: 5127 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик